Bir kishi mashinasini haydab ketayotsa, yo’l chetida to’rtta yigit bitta odamni urayotgan ekan.
— Nima qilyapsanlar to’rtalang bitta odamni urib? — so’rabdi haydovchi to’xtab.
— Chorrahada buzilgan kameralarni tuzatadigan ustani ushlab oldik, — debdi yigitlar.
Shunda haligi odam:
— Qo’l bilan urishning nima hojati bor?! Oyoq bilan tepa qolinglar! — dermish.
* * *
Qizi maktabdan kelib, dadasiga debdi:
— Biz bugun ikki karra ikkini o’rgandik.
Dadasi:
— Xo’sh, nechchi bo’lar ekan?
— To’rt bo’ladi.
Dadasi qiziga to’rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda yigirma derdim…
* * *
Oylik maoshini olgan ishchi kassirga qarab debdi:
— Siz menga adashib, ellik ming kam berdingiz!
Kassir:
— O’tgan safar sizga ellik ming ko’p berib yuborgan ekanman. Nega o’shanda adashganimni aytmadingiz?
— Bir marta adashsangiz, mayli, kechirdim. Ikkinchisiga qarab tura olmayman-ku!
* * *
Hamma kosmetika vositalari ham birdek foydali emas. Ayniqsa, erkaklar ko’ylagidagi lab bo’yog’i hayot uchun xavflidir!
* * *
Bankni tunagan o’g’ri pullarni sanab ko’rib:
— Bor-yo’g’i ellik million ekan, — dedi g’azabli ohangda.
Shu payt radiodan: «Shahrimizda joylashgan banklardan birida o’g’rilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan bir milliard pul o’g’rilab ketildi”, — degan xabar tarqaldi. O’g’rining battar jahli chiqib, o’ziga o’zi ming’irlab dedi:
— Hayotimni xavf ostiga qo’yib, atigi ellik million o’g’irlay oldim, xolos! Bank boshqaruvchisi esa o’tirgan joyida to’qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya!
* * *
Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi: ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqlli. Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo’la turib, hanuzgacha bo’ydoq yurgan yigitni hech kim ko’rmagan!
* * *
Bir yigitdan so’rashibdi:
— Qaysi oliy o’quv yurtiga o’qishga kirmoqchisan?
— DPEJga.
— Qaysi universitet ekan u?
— Dadamning puli yetgan joy!
* * *
Bir ayol e’lonlar agentligiga murojaat qilibdi:
— Iltimos, saytingizga e’lon joylashtirsangiz. Kuchuk bolasi yo’qolib qoldi. U hali judayam kichkina…
— Surati bormi?
— Ha, mana!
— Axir bu erkak kishining rasmi-ku?
— Bu mening erim. Yo’qolgan kuchukchamiz uning qo’llarida turibdi. Yaxshilab qarang, ko’rasiz!