Facebook orqali bo’lishish
Twitter orqali bo’lishish
— Do’xtir, tushimda men odamxo’r emishman. O’zimga o’xshaganlar bilan bir qabila bo’lib yashar emishman. Bir kuni xuddi xotinimga o’xshagan ayolni yeb bitiribmiz.
— E, xavotirga o’rin yo’q. Tushga nimalar kirmaydi deysiz.
— To’g’ri-ku-ya, lekin unda xotinim qaerga g’oyib bo’ldi?
* * *
— O’g’lim, nega maktabingda eng past baholar nuqul senga nasib qilaveradi?
— Yaxshi baholarni muallimamiz chetga eksport qilayotgan bo’lsa kerak.
* * *
Birinchi sinfda.
— Toshmatov, ikki karra ikki necha buladi?
Toshmatov (yig’lab):
— Tu-u-ut!
— Nega yig’layapsan?
— Besh bo’lishini xohlayman.
* * *
Maktabda o’quvchilarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usullari o’rgatilyapti. Muallima:
— Xo’sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo’lsa, qanday yo’l tutarding?
— Uyga derazadan oshib kirardim.
* * *
Maktab direktori o’rinbosarinikiga mehmonga keldi. Endigina kursiga o’tirgandi, bir burchakdagi qafasdan to’tiqushning qichqirig’i eshitildi:
— Direktor yaramas!
— Ie, Obid Odilovich, bu nimasi?
— Ha endi, qush-da, e’tibor qilmang!
— Yo’k, men haqorat qilishlariga yo’l qo’yolmayman. Qani, u yaramas to’tini menga bering! Hozirok qovurib yeyman! Mayli, sizgayam jabr bo’lmasin! Qovurib keling, yuz dollar beraman.
O’rinbosar sekin qafasni oldi-da, oshxonaga kirib ketdi. Birozdan so’ng idishda qovurilgan qushni olib kelib stolga qo’ydi. Direktor qarasa, qushning deyarli go’shti yo’q. Hammasi suyak.
— Ie, yuz dollarga shu suyakni yeymanmi? Yo’q, mana, o’n dollar! Mana shuyam yetadi! Ja ozg’in ekan qushingiz!
Bir mahal oshxonadan to’tining ovozi eshitildi:
— Aytmaganmidim direktor yaramas deb?!