Samolyotda bir yigit yonidagi go’zal qiz bilan tanishish uchun sira bahona topa olmasdi. Oxiri yurak yutib so’radi:
— Yaxshi qiz, siz ham shu samolyotda uchyapsizmi?
* * *
Bola yetaklagan ayol ko’chadagi bankomatga yaqin keldi-da, kredit kartochkasi yordamida pul oldi. Shunda bolakay hayron bo’lib so’radi:
— Ie, oyi, bu yerdayam dadam o’tirganmidi?
* * *
Qiz dugonasiga maqtandi:
— Yangi yildan keyin sevgan yigitim bilan toqqa ketdik. Bir hafta maza qilib dam oldik.
— Voy, qor rosa ko’p bo’lsa kerak-a tog’da?
— Qor?.. Qaydam…
* * *
— Sklerozni davolab bo’lmaydi. Ammo uni unutib yuborish osonroq (Vrachning maslahatidan).
* * *
Yapon olimlari chet ellik mijozlardan hammomda parlana oladigan, gitara jo’rligida qo’shiq kuylay oladigan, mashinani juda tez hayday oladigan, boplab so’kina oladigan robotga buyurtma olishdi…
Buyurtmachining millati hozircha sir tutilyapti.
* * *
O’quvchi sinfdoshlariga dedi:
— Qaranglar, Kamchatkada oxirigi partani Kaliningrad deb atasharkan.
* * *
Bahor. Maugli va Bagira suhbatlashishyapti:
— Bagira, menga nima bo’ldi o’zi? Hozir uzoq-uzoqlarga qochib ketgim, pana-pana joylarga berkinib olgim, jimgina-jimgina o’tirib xayol surgim kelyapti. Nahotki, bu muhabbat bo’lsa-a?
— Yo’q, Mauglijon, bu muhabbat emas. Hozir bahor. Armiyaga chaqiriq mavsumi boshlandi, xolos.
* * *
Xotiningga qancha ko’p pul berma, baribir, qo’shni ayolning puli ko’p bo’lib chiqaveradi-ya! (Xotindan kuygan er hasratidan)
* * *
Do’konda.
— Kechirasiz, menga qaytimni bermadingiz!
— Kechirdim.
* * *
Er xotinidan so’radi:
— Bunday uzundan uzun xatni kim yozibdi senga?
— Shahardagi dugonam.
— Nima deb yozibdi o’zi?
— «Qolgan gaplarni uchrashganimizda gapirib beraman» debdi.
* * *
— Dadasi, mabodo men daryoga cho’kib ketsam, nima qilardingiz?
— Shahar markaziga chopib borib «Tez yordam» chaqirib kelardim.
— Voy, shahar markazi uzoq-ku! Ulgurmaysiz-ku!
— Jonim, men sen uchun undan ham uzoqroqqa chopib borishga tayyorman!