KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Farzinisa, dugonajon, ering bilan shuncha yildan beri yashaysan-u, biror martayam janjallashmadilaring. Buni qanday tushunsa bo’ladi?

— Bilasanmi, biz o’sha paytlarda nikohdan o’tgach, otda uyga qaytganmiz. Ot bir marta qoqilib ketdi. Erim «Bir» dedi. Ot ikkinchi marta qoqildi. Erim «Ikki» deb qo’ydi. Ot uchinchi marta qoqilgandan keyin «Uch» dedi-yu, miltig’ini olib otib tashladi. Shunda otga rahmim kelib: «Xo’jayin, ot juda aqlli edi. Nega o’ldirdingiz?» deganimni bilaman, u qovog’ini uyib «Bir» deb qo’ydi.

 

* * *

 

Vrach kichkinagina bolaga ukol qilyapti. U yig’lay boshlagandi, vrach yupatishga tushdi.

— Qara, pashsha! Hov ana!..

Ukol tugashi bilan bolakay yugurib onasiga yopishdi.

— Oyi, pashsha orqamni chaqib qochdi!

 

* * *

 

Baliqchi oltin baliq tutib oldi. Baliq so’radi:

— Uchta tilagingni ayt, bajo keltiraman!

— Menga temir-tersak zavodi, zo’r mashina va ko’p xonali kvartira hozirla!

— Kreditga olasanmi, yo naqd pulgami?

 

* * *

 

— Toshmatvoy, mana bu topishmoqni top-chi! Hamma narsani bilib, ko’rib, eshitib turadi. U kim?

— Qo’shnimiz Orzi xola.

 

* * *

 

Foydali maslahat:

— Agar kvartirangizdagi kranlardan suv tomchilayotgan bo’lsa, usta chaqirib ovora bo’lmang! Pastdagi qo’shnining o’zi chaqirib keladi.

 

* * *

 

Erkak qo’shnisinikiga kirsa, tuxumni g’alati tarzda qovuryapti. Oldida uchta plita. Tuxum solingan idishni goh unisiga, goh bunisiga qo’yadi…

— Qo’shni, tuxum qovurishning yangi usulini topdingizmi deyman? — so’radi u.

— E, qanaqa usul?.. Montyor yaramas mening uyimga svetoforning tokini ulab ketibdi.

 

* * *

 

— Dadasi, apelsin sharbatidan piyolalarga quying. Keyin pirogni isitib qo’ying. Nonushta tayyor!

— Qiziq, nonushtaga nima ekan bugun?

— Apelsin sharbati va pirog.

 

* * *

 

Ikki jinni liftda qamalib qolishdi. Ulardan biri lift eshigini qo’llari bilan qancha ochishga urinmasin, baribir eplay olmadi. Ikkinchisi esa, kallasini tugmachalardan biriga qattiq urgandi, ochilib ketdi. Jinni xursand bo’lib sherigiga maqtandi:

— Kallani ishlatish kerak, oshna!

 

* * *

 

Keksa professor:

 

— Yaqinda tushimda nuqul talabalarga leksiya o’qiyotganmishman. Uyg’onsam… Haqiqatan leksiya o’qiyapman-ey!..

 

* * *

 

«Kim millioner bo’lishni istaydi?» teleo’yini ketyapti.

Boshlovchi: — Mahmud Abbos hozir qaysi shaharda yashaydi?

«G’azo», «Ramalloh», «Jenin», «Kalkiya?»

Qatnashchi: — Men ellikka-ellikni olaman.

Boshlovchi: — Muhtaram Armiya, ikkita shubhali variantni yo’q qiling!

Olimjon HAYIT tayyorladi