***
To’rt yashar bolakay avtobusda onasini turtib dedi:
— Qarang, anavi amakining boshida bittayam soch yo’q ekan!
— Jim, eshitib qoladi!
— Nima, boshida soch yo’qligini o’zi bilmaydimi?
***
Bolakay onasiga dedi:
— Oyi, ming so’m bering, men hov anavi sho’rlik qariyaga beraman!
— O’zimning aqlligim! Qani qariya? Qaerda turibdi?
— Hov anavi daraxt soyasida muzqaymoq sotyapti!
***
Besh yoshli bola bozorda onasini yo’qotib qo’yib, o’tkinchilardan so’rayapti:
— Xuddi menga o’xshagan bola yetaklamasdan ketayotgan ayolni ko’rmadingizmi?
***
— Yefreytor, nega ko’ylagingizning yuqori tugmalari yechib qo’yilibdi?
— O’rtoq general, keling, ikkita boshliq bu yerda turvolib bahslashmaylik!
***
Bomj do’stinikiga mehmonga bordi. Ko’rdiki, do’sti dasturxonga bir bo’lak pishloq qo’ydi.
— Pishloqni qaerdan olding?
— Bu pishloqni bepul qo’lga kiritdim.
— Quloqqa lag’mon osma! Bunaqa pishloqlar faqat sichqon ovlaydigan qopqongagina qo’yiladi.
— To’ppa-to’g’ri, menam xuddi o’sha qopqondan oldim.
***
— Salom do’xtir, men keldim!
— Yechining!.. Yechindingizmi?
— Ha.
— Endi kiyining!
— Nega?
— Hammasi joyida. Eshitish qobiliyatingiz yaxshi ekan.
***
Ona o’g’ilchasini uxlashga yotqizyapti:
— Xayrli tun, bolajonim! Hoynahoy hozir tushingga quyonchalar kirayotgandir-a?
— Yo’q, hozircha reklama kiryapti.
***
— Bolalar, nega yig’layapsizlar? Qaranglar, men sizlarga judayam mazali tort olib keldim!
— Qorbobojon, bu palatada faqat qand kasali bilan og’riganlar yotadi.
***
Ona o’g’lini urishyapti:
— Nega yangi o’yinchog’ingni qo’shnilarga ko’z-ko’z qilmaysan? Bekorga senga yangi o’yinchoq sotib olibmanmi?!
***
— Bolalar, sizlarga nima bo’ldi? Nega qovoqlaringni osiltirib o’tiribsizlar?
— Biz “katta odam-katta odam” o’ynayapmiz.
***
Xasis ko’chada o’ziga o’xshagan xasis bir vrachni ko’rib qoldi va bepul maslahat olish niyatida undan so’radi:
— Do’stim, shamollab qolganingda nima qilasan?
— Aksiraman.
Olimjon HAYIT tayyorladi