Bahorning ilk kunini kulgi bilan qarshilang!

Tish do’xtiri qabulida.

— Kechiring, bemor, adashib sog’ tishingizni sug’urib qo’yibman! Endi og’riganiniyam sug’urib tashlayman!

— Mayli, sug’uravering! Yaxshiyam ko’z do’xtiri emassiz-a!

***

— Ko’chada yashil odamchani ko’rib qolsangiz, nima qilasiz?

60 foiz aholi:

— Ichishni tashlayman.

30 foiz aholi:

— Chekishni tashlayman.

9 foiz aholi:

— Psixiatr qabuliga chopaman.

Faqat bir qiz to’g’ri javob berdi:

— Ko’chani kesib o’ta boshlayman.

***

Erkak do’kondan o’yinchoq kema sotib oldi va sotuvchidan so’radi:

— Bu kema suvda cho’kadimi?

— Albatta, cho’kadi. Ko’rmayapsizmi, yozib qo’yishibdi: «Titanik».

***

Jinnixonaga yangi jinnini olib kelishdi. Qolgan jinnilar uni savolga tuta boshladi:

— Kimsan?

— Napoleonman.

— Vey, katta ketma! Bizda imperatorlar tiqilib
yotibdi.

— Men imperatormas,
tortman.