Kun kulgisi

Tarix darsida o’qituvchi bir o’quvchiga savol berdi:
— Fransiya – Prussiya urushi haqida nima bilasan?
O’quvchi o’rnidan turdi, lekin undan sado chiqmadi.
— Nega gapirmayapsan?
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar.

***

Harbiy okrug shtabidan tashrif buyurgan tekshiruvchiga uch nafar askar tanishtirilmoqda. Ulardan ikki nafari baquvvat davangir bo’lsa, uchinchisi qiltillagan, past bo’yli askar.
Praporshik:
— Mana bu uchalasi harbiy qismimizning eng sara bo’linmamiz sanaladi. Biror narsa yuz beradigan bo’lsa, shu zahoti ularni oldingi marraga yuboramiz.
Tekshiruvchi birinchi askardan so’rayapti:
— Sen kimsan?
— Oddiy askar Ivanov, erkin kurash va boks bo’yicha sport ustasi.
— Barakalla, azamat! Sen-chi, sen kimsan? – so’radi tekshiruvchi ikkinchi askardan.
— Oddiy askar Petrov, karate bo’yicha qora belbog’ sohibi, shuningdek, bir qator sharqiy yakkakurash turlarini tasarruf etganman.
— Barakalla, polvon! Xo’sh, – murojaat qildi u, uchinchi, eng nimjon askarga mensimagan ohangda:
— Sen-chi, sen kim bo’lasan?
— Oddiy askar Sidorov, shaxmat bo’yicha sport ustasi. Mana bu ikkala qovoqboshga komandirlik qilaman!

***

Buvi uxlab yotgan nabirasini uyg’otyapti:
— Turaqol, bolajonim! «Kim erta tursa, xudo unga qo’sh qo’llab beradi» degan gap rost ekan. Qara,tong saharda sayrga chiqib nima topib oldim. Ichi pulga to’la hamyon.
Nabirasi:
— Axir o’sha hamyonni yo’qotgan odam sizdan oldinroq turgan-ku!?

***

Bir jinni ikkinchisiga:
— Kel boshinga mix qoqib qo’yay sartaroshga borsang mashinkasi sinib qoladi.
— Yo’q, qoqmaysan…
— Nega?
— Mixni qoqishda bolg’ang tegib ketsachi?