KUN KULGISI…

 * * *

Ikki ayol suhbatidan:

— Yo’q, mening Ravshanbegim kechasi yig’lamaydi. Yig’lashni boshlashi bilan alla aytaman.

— Men ham ilgari shunday qilgandim. Lekin qo’shnilar: «Qo’y, Oynisa, undan ko’ra bolang yig’lay qolsin!» deyishgan.

* * *
Erkakka savol berishdi:

— Hayotda baxt muhimroqmi, salomatlikmi?

— Salomatlik.

— Nega?

— Yaqinda baxtimni uchratgandim, lekin salomatligim pand berdi.

* * *
Juhud do’stiga dedi:

— Og’ayni, sendan qarzim bor. Buni bilaman. Qarzingni qistasang, juda hijolatga tushaman. Qarzimni qaytarmasam, sen xavotirlana boshlaysan. Kel, shu qarzdan ko’ra ob havo haqida gaplashaylik!

* * *
— Dadasi, tug’ilgan kuningizga nima sovg’a qilay?

— Xotin, iltimos, tug’ilgan kunimda kar-soqov rolini o’ynab bergin!

* * *
— Kecha tungi soat beshgacha o’tirganimiz uchun xotining adabingni bergandir-a?

— Yo’q, manavi to’rtta tishimni baribir oldirish kerak edi.

* * *
Olmaning ichidan yerga uchib tushayotgan qurt baland ovozda qichqirdi:

— Ura, men ham ucha olarkanman!

* * *
Ikki qo’shni ayol janjalidan:

— Nima, qizingning baxti ochilib, yaxshi yigitga tekkanini aytib maqtanmoqchimisan? Mening qizimga-chi, manaman degan boyvachchalar aliment yuborib turadi, tuzukmi!?.

* * *
Xotin taroziga chiqdi-yu, er unga razm solib turib kuldi.

— Mana shu vazningga mos kelishi uchun bo’ying qancha bo’lishini bilasanmi?

— Qancha bo’lishi kerak?

— Besh yarim metr.

* * *

Ikki o’quvchi suhbatidan:

— Men matematika muallimimizga ishonishniyam, ishonmaslikniyam bilmay qoldim.

— Nega?

— O’tgan kuni oltini to’rtga qo’shsa o’n bo’ladi degandi. Bugun kelib yettiga uchni qo’shsa o’n bo’ladi deyapti.

* * *

— Egachi, manavi ko’ylakda o’n yoshga yosharib ketibmanmi?

— Voy, o’zi yoshingiz nechada?

— Ko’ylakdagisimi, yo ko’ylak kiymasimdan oldingisimi?

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit