BI-IR KULIShMAYMIZMI, OKA???

* * *

Yo’l patrul xizmati xodimi boshlig’iga dedi:

— O’rtoq polkovnik, menga baxt kulib boqdi!

— Qanday baxt?

— O’g’illi bo’ldim.

— Tabriklayman! Xo’p, hozir hisobchiga aytaman, senga yuz ming so’m mukofot yozadi.

— O’rtoq polkovnik! Men o’g’illi bo’ldim deyapman!

— Uf-f, o’zing ham ja qaysarsan-da! Bo’pti, radar bilan «40» degan belgini olgin-da, xohlagan joyingga boraver!

* * *

Bolakay ota-onasidan so’radi:

— Dada, piyoz foydali mahsulotmi?

— Ha.

— Oyi, qaymoq ham foydalimi?

— Albatta.

— Dada, menga piyozli va qaymoqli pechenye olib bering!

* * *

Erkak do’konga kirib sotuvchidan so’radi:

— Bodring bormi?

— Yo’q.

— Pomidor-chi?

— Yo’q.

— Karam-chi?

— Vey, xit qilib yubordingiz-ku odamni! Bu yer sabzavotlar do’koni, ma’lumot byurosi emas!

* * *

Armiya. Ikki oddiy askar ketib borishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Qara, starshina kelyapti! Bir boplab hazillashmaymizmi?

— Qo’y, dekanga hazil qilganimiz uchun mana shu yerga kelib qolganimizni unutma, jo’ra!

* * *

— Allo! Do’xtir, tez yetib keling! Xotinim ko’richak bo’lib qoldi!

— Xavotirlanmang! Biz ikki yil oldin xotiningizning ko’richagini olib tashlaganmiz. Ko’richak ikki marta xuruj qilmaydi.

— To’g’ri, lekin odam ikki marta uylanishi mumkin-ku!

* * *

— Og’ayni, ertaga xotinimning tug’ilgan kuni. Nima sovg’a qilishni bilmay boshim qotdi.

— Xotining nimani ko’proq yaxshi ko’radi?

— Katta tezlikda osmonu falakka parvoz qilishni.

— Unda supurgi sovg’a qil!

* * *

Xotin eridan so’radi:

— Dadasi, tug’ilgan kunimga nima sovg’a qilmoqchisiz?

— Tashqariga qara! Hov anavi qora «BMV»ni ko’ryapsanmi?

Xotin (quvonib): — Ha-a, dadajonisi, ko’ryapman!

— Xuddi shunaqa rangli paypoq sovg’a qilaman.

* * *

Talaba berilib kitob o’qirdi. O’tib ketayotgan boshqa bir talaba so’radi:

— Qaysi kitobni o’qiyapsan?

— Geometriyani.

— Ha, men ham o’qiganman. Oxirida qahramonni o’ldirib qo’yishadi.

* * *

Qishloq. Pechka yonida o’tirgan ota o’g’lidan so’radi:

— O’g’lim, og’ilxonani yopdingmi?

— Ha.

— Devorning teshiginiyam yopdingmi? Tag’in sigir qochib chiqib ketmasin!

* * *
Yangi yilga munosabat

Bola: «Ura! Yaqinda Yangi yil!

O’rta yoshli: «Yaqinda Yangi yil ekan-da!»

Keksa: «Ie, tag’in yangi yilmi?

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit