KELING BIR KULIShAYLIK !!!

***

Evreydan do’sti so’radi:

— Monya, ishlaring qalay?

— Yomonmas. Asta-sekin tirikchilik qilib yuribman. Mana, garaj sotib olib xotinimning nomiga rasmiylashtirdim. Ertadan uni qaynonamga ijaraga beraman.

 

***

Erkak yon qo’shnisinikiga chiqib baqirdi:

— Itingizni boylab boqsangiz bo’lmaydimi? Mana, qarang, tishlavoldi oyog’imni! Tovon puli to’laysiz!

— Gap yo’q! Keling, itimni mahkam ushlab turaman, siz ham uni tishlab ola qoling!

 

***

Kampir kelishgan qiz bilan vrach kabinetiga kirdi.

Vrach:

— Qani, yaxshi qiz, yechining!

Kampir:

— Kasal u emas, menman, do’xtir bolam!

Vrach:

— Shunaqami? Mayli, qani, buvijon, tilingizni ko’rsating-chi!

 

***

Ayol butikka kirib keldi. Sotuvchi dedi:

— Xush kepsiz, xonim! Istaysizmi sizga yangi kolleksiyamizni ko’rsataman?!. Aytgancha, pulingiz bormi o’zi?

— Yo’q.

— E, qand yeb kirib yuribsanmi bu yerga? Chiq-chiq!

— Men plastik kartochka bilan to’layman.

— Ie, shunaqami? Yana bir marta xush kepsiz, xonim!

 

***

Psixiatr bemorga dedi:

— Tabriklayman! Siz tuzaldingiz! Buni progress deb atasak bo’ladi!

— Qanaqa progress? Men olti oy oldin Napaleon edim, hozir hech kimman! Shuni progress deyapsizmi?

 

***

Ayol erkakdan so’radi:

— Siz erkaklar ayollarni ko’zlaringiz bilan sevasiz. Shu to’g’rimi?

— To’g’ri.

— Unda nega qachon qarasa qora ko’zoynak taqib yurasizlar?

— Sevib qolishdan o’zimizni asraymiz!

 

***

Bekatda erkak boshqa bir erkakka dedi:

— Hozirgi yoshlar kiyinishda juda haddilaridan oshib ketishgan! Ana, hov anavi qizni qarang, xuddi suyuqoyoqlarga o’xshab kiyinvolibdi!

— U qizmas, mening o’g’lim!

 

***

Boshliq xodimdan so’radi:

— Nega ishga kech qoldingiz?

— O’zingiz nega maoshni kechiktiryapsiz?

— Kechiktirsam ham baribir olyapsiz-ku!

— Men ham kechikkanim bilan baribir ishga kelyapman-ku!

 

***

Erkak do’stini qo’ltiqtayoqda ko’rib so’radi:

— Nima bo’ldi?

— Avtohalokatga uchradim.

— Dahshat! Endi qo’ltiqtayoqsiz yura olmaysanmi?

— Bilmadim. Vrach yura olasiz deyapti, advokatim esa aksini gapiryapti.

 

***

— Yaxshi qiz, agar shoir bo’lsam, sizga she’r bag’ishlardim. Rassom bo’lganimda, suratingizni chizardim. Afsuski, men mebel fabrikasida oddiy qorovulman. Shuning uchun sizga faqat karavotni taklif eta olaman.