KUN KULGISI!!!

* * *

— Do’xtir, yordam bering! Xotiram yo’qolib qoldi!

— Ancha bo’ldimi?

— Nimaga ancha bo’ladi?

— Xotirangiz yo’qolganiga.

— Qanaqa xotira? Kimsan o’zing? Mening uyimda nima qilyapsan?

* * *

Eshik taqilladi.

— Kim u?

— Militsiya!

— Uyda hech kim yo’q.

— Nega unda chiroq yonib turibdi?

— Hozir o’chirib qo’yamiz.

* * *

To’rt yashar qizaloq onasidan so’radi:

— Oyi, men qaerdan paydo bo’lganman?

— Seni karamning ichidan topib olganmiz, qizim.

— Voy, hozir bahor bo’lsa, qanaqa karam?

Shunda otasi gapga aralashdi:

— Qizim, seni tuzlangan karamning ichidan topib olganmiz.

* * *

Go’zallik salonidan qaytgan xotin ko’zgu atrofida aylana-aylana, eridan so’radi:

— Dadasi, men qanchaga yasharibman?

Er unga qovoq uyib qarab oldi-da, dedi:

— Bir haftaga yasharibsan.

* * *

Tiqilinch avtobusda qari kampir saqich chaynayotgan yigitga uzoq tikilib turdi-da, dedi:

— Bolam, menga gapirib ovora bo’lyapsan! Baribir eshitmayman. Qulog’im og’ir.

* * *

— Xotining bilan hayoting qalay? Janjallashmayapsizlarmi endi?

— Hozir hatto axlat idishlarimiz ham boshqa-boshqa.

* * *

Qiz qallig’iga dedi:

— Jonim, turmush qurganimizdan keyin televizor orqali futbol tomosha qilish, o’yingohga qatnashdan voz kechasiz.

— Xo’p.

— Chekishniyam tashlaysiz.

— Albatta.

— Pivo ichishniyam tashlaysiz. Qorin qo’ymasangiz yo’g’roq.

— Bo’ldimi?

— Nima, yana biror yomon odatingizdan voz kechasizmi? Shuni aytmoqchimisiz?

— Ha, senga uylanishdan voz kechmoqchiman.

* * *

Kompyuterchi do’stiga dedi:

— Menga ellik dollar qarz berib tur!

— Qaytarasanmi?

— Qasam ichaymi?

— Ha.

— Qaytarmasam, internetim ishlamay qolsin!

* * *

Agar hid taratmasa, qop-qorong’i xonada qora paypoqni qidirib topish juda qiyin bo’ladi (Beva erkakning tajribasidan).

* * *

Foydali maslahat:

— Kimnidir sevib qolsang, hech qachon sevganingga «Sizga munosib emasman» deb aytmagin. Bu unga kutilmagan sovg’a bo’la qolsin.