***
Kelin dugonasiga dedi:
-Qaynonam dunyoda eng bebaho ayol. Faqat bir kamchiligi bor-da!
-Qanday kamchilik?
-Nafas oladi.
***
Qizaloq onasiga dedi:
-Oyi!.. Men hojatxonaga borishni istayman!..
Ona osmonga qaragancha o’ychan javob qildi:
-Men bo’lsam, Parijga borishni!..
***
Boyvachchaning xotini eriga dedi:
-Dadasi, men sizning eski, yirtilib qolgan kostyumingizni axlatga tashlab yubordim!
-Nima?.. Jinnimisan? Endi men soliq idorasiga nima kiyib boraman?
***
-Dugonajon, sevgi deganda nimani tushunasan?
-E, buni erkaklar ayolga pul sarflamaslik uchun o’ylab topishgan.
***
Teleboshlovchi e’lon qildi:
-Omon bo’ling, aziz teletomoshabin! Endi yarim tunda odatimizga ko’ra sizning xonadoningizda uchrashamiz!
Shunda televizor qarshisida o’tirgan erkak o’zicha g’udranib qo’ydi:
-Voy-bo’, shu gapingga ishondim-a? Mana shu birinchi kanaldagilarning yolg’on gapiraverishi jonga tegdi-da!
***
Ayol tanishiga dedi:
-Mening erim quyoshga o’xshaydi!
-Qanday qilib?-Kechqurun g’oyib bo’ladi, erta tongda kirib keladi.
***
Boyvachcha restorandan g’irt mast holda chiqdi-da, kirakash haydovchilarga qichqirdi:
-Vey, kim meni yuz dollarga uyimga olib borib qo’yadi?
-Haydovchilarning hammasi uning oldiga chopib kelishdi.
-Aka, biz oboramiz! Uyingiz qaerda o’zi?-Qanaqa ahmoqsanlar o’zi? Uyimning qaerdaligini eslay olsam yuz dollar taklif qilarmidim?
***
-Do’xtir, uylanganimga atigi uch kun bo’ldi xolos. O’ng qulog’im eshitmay qoldi!
-O’ng qulog’im?.. Nima, kelin bo’lmish chapaqaymi?
***
Ko’z qorachig’iga qarab kasalga tashhis qo’yadigan vrachning huzuriga bir yigit kelib dedi:
-Do’xtir, mening kasalim nima?
Vrach uning chap ko’ziga qarab javob qildi:
-Siz infarktga uchragansiz, oshqozoningizda yara paydo bo’lgan, anginangiz surunkali.
-Do’xtir, o’ng ko’zimga qarab tekshiring, chapi sun’iy!
***
Bir erkak kurortga borib ayollarning orqasidan chopavergach, kelishib uning ko’zini chiqarib qo’yishdi. Kasalxonada unga buqaning ko’zini o’rnatishdi.
Erkak poezdga chiqqach, xotiniga nima deb tushuntirish haqida o’ylay boshladi…
Uyiga kelgandan so’ng xotini uni ko’rib qichqirib yubordi:
-Dadasi, menga bunday yomon qaramang! Men o’zim bo’lgan ishlarni gapirib beraman!
***
Boyvachchaning qizi maktabdan qaytib keldi. Va uyga vazifa qilib berilgan kambag’al oila haqidagi inshoni yoza boshladi:
-Kambag’al oila bo’lgan ekan. Dadasi, oyisi ham kambag’al ekan. Ularning shaxsiy haydovchisi ham, bog’bonlari, xizmatkorlari ham kambag’al ekanlar…
***
Ikki estrada xonandasi uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
-Ishonasanmi, birinchi klipim chiqishi bilan mamlakatda televizorlar bozori chaqqon bo’lib ketganmish!..
-Buning hayron bo’ladigan yeri yo’q. Mening o’zim ham televizorimni sotib yuborganman.
***
Sevishganlar tunda uchrashuvga chiqishdi va o’tirib yigit taklif kiritdi.
-Kel, anavi daraxtdagi kakkudan qancha yashashimizni so’rab ko’ramiz!
-Bo’pti.
Yigit daraxtga boqib qichqirdi:
-Kakku, biz qancha yashaymiz?
-Ku-ku…
-Nega buncha oz?
Kakku odam tilida javob qildi:
-Agar doim hozirgiday zax yerda uchrashaversangiz, shunchayam yashay olmaysiz!
***
-Dada, siz shu qadar e’tiborsizsizki…
-To’g’ri. Agar e’tiborli bo’lganimda sen umuman dunyoga kelmasding, o’g’lim!