KUN KULGISI!!!

 

***

Aqlli erkak ayolga xafa bo’lish uchun bahona yaratmaslikka harakat qiladi. Aqlli ayol esa, xafa bo’lgisi kelganda bahona qidirib o’tirmaydi.

 

***

-Aytishlaricha, biz yo’q joy borki, o’sha yerda hayot yaxshi emish.

-Hecham-da! Ana, Oyni olib qaraylik. U yerdayam biz yo’qmiz, lekin sovuq va huvillagan-ku!

 

***

Talabaga maslahat:

“Hech qachon imtihonda berayotgan javobingni “Ma’lumki…” degan so’zdan boshlama! Imtihon oluvchi shu javobni o’zi ham bilmasligi va batafsil javob berishga majburlashi mumkin”.

 

***

E’lon:

-Yakshanba kuni barcha “Shu ish” havaskorlari sayrga taklif etiladilar! Iltimos, “Shu ish”ni ikki shishadan ortiq olmanglar!

 

***

Tipratikonga tikonlari doimo o’z fikrida qolish uchungina zarur.

 

***

Telefon jiringladi. Bolakay go’shakni ko’tarib so’radi:

-Allo! Sizga dadam kerakmi? Kim so’rayapti? Boshlig’i? Qaysi boshlig’i? Qari eshakmi, yo xo’ppa semiz ahmoqmi?

 

***

O’tmishdan faqat unga o’z aqlini, nomusini va vijdonini bag’ishlamaganlargina qo’rqishmaydi.

 

***

Boshliq:

-Siz isib qolgan aroq va terlagan ayollarni yoqtirasizmi?

-Albatta.

-Unda shirkat xo’jaligiga kartoshka terishga borasiz.

 

***

Agar daho hali qo’lga tushmagan va tan olinmagan bo’lsa, demak, u hali tirik.

 

***

Sklerozning eng og’ir formasi begona ayolni uyingga olib kelding-u, nima maqsadda olib kelganingni unutib qo’yishdan iboratdir.

 

 

***

Xotin eridan so’radi:

-Meni qanday sevib qolgansiz?

-Ko’rdingmi, endi bunga o’zing ham hayron bo’layapsan!

 

***

-Odamlar ba’zi pivolarni “Tirik pivo” deb atashadi. U qanaqa bo’ladi?

-Tirik pivo organizmda o’z hayotini mustaqil kechiradi. Xohlasa, u yoqdan bu yoqqa daydib yuradi, xohlasa tashqariga chiqadi, xohlamasa yo’q.

 

***

Xotin kompyuterchi eridan so’radi:

-To’yimizga bir yil to’lgan kunni eslay olasizmi?

-Ha, antivirusga olingan ruxsatnomaning muddati tugagan kunda.

 

***

Birga yashaganlariga 75 yil to’lishi munosabati bilan bayram qilayotgan chol kampiridan so’radi:

-Menga qara, 75 yil ichida biz sen bilan o’n o’g’ilni voyaga yetkazdik. Hammasi bir-biriga o’xshaydi-yu, faqat birinchisi boshqalaridan sal farq qiladi-da! Yo qachonlardir menga xiyonat qilganmisan-a?

-Chol, tan olaman, qachonlardir gunohga botganman.

-Xo’sh, birinchi o’g’lingning otasi kim?

-Siz.