KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Juhud oltin baliq tutib oldi. Baliq:

— Uchta tilak tila, bajo keltiraman!

— Men yuz million dollarim bo’lishini istayman.

— Yaxshi.

— Yigirma yoshga yosharishni istayman.

— Bajariladi.

— 150 yil yashashni istayman.

— Xo’p.

— Esingda tut, bu birinchi tilagim edi!

 

* * *

 

— Sudlanuvchi, siz ozodsiz!

— Nega?

— Bankdan pul o’g’irlaganingiz isbotlanmadi.

— Unda pullarni o’zimda qoldiraveraymi?

 

* * *

 

Gruzin qizga dedi:

— Bugun kechqurun menikiga keling! Uyda hech kim bo’lmaydi!

Qiz kechqurun unikiga keldi. Haqiqatan uyda hech kim yo’q ekan.

 

* * *

 

General anhor ko’prigidan o’tib ketayotib, xizmatdan vaqtincha qochib ko’chaga chiqqan askarga duch keldi. Askar negadir unga salom bermay o’tdi.

— To’xta, nega generalga salom bermading?

— Harbiy nizomning 147 bandida ko’prik ustida salomlashish taqiqlab qo’yilgan.

General hayron bo’lib uyiga keldi-da, nizomni ochib o’sha bandni o’qidi. U yerda quyidagi so’zlar yozilgandi:

«Askar topqir va jasur bo’lishi kerak».

 

 

* * *

 

Erkak jazmaninikidan erta tongda uyga qaytdi. Yo’lakda yechinib, sekin yotoqqa kirdi. Qarasa, xotini shirin uyquda ekan. Unga tikilib turdi-da, dedi:

— Go’zalim! Agar begona bo’lganingda, bundanam bebaho bo’larding!

 

* * *

 

Boshliq xodimdan so’radi:

— Nega ishga ikki soat kech kelyapsiz?

— Uydan kech chiqqandim.

— Ertaroq chiqsangiz bo’lardi-ku!

— Ertaroq chiqishga allaqachon kech bo’lgandi.

 

* * *

 

— Dugonajon, qo’shnimiz Rayhon turk gilami sotib olibdi.

— Nima bo’pti?

— Endi hammani uyga poyafzalni yechib kirishga majbur qilyapti.

— To’g’ri, har qalay, gilam turklarniki-da!

— Ha, lekin o’sha gilam devorda osilib turibdi-ku!

 

* * *

 

Samolyot qo’ndi. Salondan shimi tushib ketgan chukcha chiqib kelardi. Styuardessa uni urisha ketdi.

— Uyat emasmi? Shimingiz tushib ketibdi.

— To’g’ri, sizlarni sira tushunib bo’lmaydi. Goh kamarni taqing deysiz, goh yeching deysiz… Oxirgi marta kamarni yeching degandingiz!

 

* * *

 

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon ketyapti. Yo’riqchi bo’lajak haydovchidan so’radi:

— Mashina o’ngga burilayotganda, qaysi g’ildirak kamroq buriladi?

— Zahiradagisi bo’lsa kerak.

 

loading…