ChAQMOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Chaqmoqning issiqlik darajasi ba’zan quyosh ustki qismidagi issiqlik darajadan ham oshib tushadi.
2. Chaqmoq soatiga 60 ming kilometr tezlikda harakatlanadi.
3. Chaqmoq chaqishi bir necha o’n soniyagina davom etadi.
4. Har qanday ko’rinishdagi chaqmoq shifoxona rentgen uskunasidan ham kuchliroq nur taratadi.
5. Har soniyada sayyoramizda 2 ming martaga yaqin chaqmoq chaqadi.
6. Dunyo bo’yicha hisoblaganda, Argentinada ko’proq chaqmoq chaqadi.
7. Chaqmoq nafaqat Yer, balki Yupiter va Venera sayyoralarida ham bor.
8. Chaqmoqning uzunligi 20 kilometrgacha yetadi.
9. Chaqmoqning to’rtdan uch qismi bulutlar orasida, faqat bittasigina bulutlarning ustki qismida chaqadi.
10. Ugandadagi Tororo shahrida bir yilda faqat bir martagina chaqmoq chaqadi. Ko’pincha shuni ham ko’rmaysiz.
11. Amerikalik mayor Sammerfordni uch marta chaqmoq urgan. Uchinchisi kuchliroq urgani bois oldin salomatligiga putur yetgan. Shu ko’yi o’lim topgan. Ajablanarlisi, uni dafn etishgandan keyin chaqmoq to’rtinchi marta qabrini urib, qabrtoshini yo’q qilgan.
12. Boshqa bir amerikalik Roy Sallivan degan odamni hayoti davomida yetti marta chaqmoq urgan. Ammo uni o’ldirish tugul, salomatligiga ham putur yetkaza olmagan.
13. Atmosferada yiliga 1, 4 mld marta chaqmoq chaqishi aniqlangan.
14. Chaqmoq chaqqan payt o’zidan juda kuchli zarbaga ega to’lqin tarqatadi. Odamga chaqmoqning o’zi yaqin ham kelmasligi mumkin. Ammo o’sha to’lqin halok etadi.
15. Misrda ikki yuz yilda bir martagina chaqmoq chaqadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…