KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Kurortda.

— Yaxshi qiz, siz bilan tanishganimdan beri na ovqateya olaman, na biror narsa icha olaman…

— Voy, meni shu qadar qattiq sevib qoldingizmi?

Yo’q, shunchaki… Pulim tugadi…

 

* * *

 

To’y o’tgach, turlieguliklar qolib kegan stol ustiga uchta suvarak chiqib kelishdi. Ular hamma narsalarni hidlab ko’rishgach, biri qolganlarga dedi:

— Og’aynilar, hamma narsa bisyor ekan-u, nonetishmayapti-da! Oshna, sen g’izillab nonga borib kelmaysanmi?

— Gap yo’q!

Sherik nonga ketgach, ular hech narsaemay uni kuta boshlashdi. Uchinchi suvarak uch soat deganda qo’lida non bilan kirib keldi. Ikki suvarak unga baqira ketishdi:

— Vey, namuncha kechikding-a? Biz uch soatdan beri so’lagimiz oqib ovqatlarga termulib o’tiribmiz!

— Sizlarni tushunaman. Qaranglar, pol juda tekis! Unda chopish odamni maza qildiradi. Biroq «probka»ga tushib qoldim-da!..

 

* * *

 

Ma’lumotlarga qaraganda, afrikalik qizlarning orzulari sal boshqacharoq bo’larkan.

Ular qora otda oq shahzoda kelishini orzu qilisharkan.

 

* * *

 

Eshmat onasi bilan supermarketga kirdi. Unga ko’zi tushgan sotuvchi dedi:

— Voy mana bu bolaning shirinligini! Bor, hov anavi giloslardan ikki qo’lingga siqqanicha ol!..

Eshmat indamay turavergach, sotuvchining o’zi unga bir siqim gilos olib kelib berdi. Tashqariga chiqishgach, onasi undan so’radi:

— Nega giloslarni o’zing borib ola qolmading?

— Sotuvchining qo’llari menikidan ancha katta-da!

 

* * *

 

O’g’ri o’g’liga dedi:

— Agar yana bir marta mening katmonimdan pul o’g’irlab barmoq izlaringni qoldiradigan bo’lsang, o’ldiraman!

 

* * *

 

— Nega eringiz bilan ajrashmoqchisiz?

— Erim bir ko’zli ekan.

— Ilgari qaerga qaragandingiz?

— Yerga.

 

* * *

Juhud xotinini begona erkak bilan tutib oldi. Sudda undan so’rashdi:

— Nega o’sha erkakning peshonasiga to’pponcha tiradingiz-u, otib tashlamadingiz?

— Men to’pponchani uning boshiga tiraganimda: «Shu to’pponchang uchun qancha so’raysan» dedi. O’zingiz o’ylang, tijorat haqida gapirgan odamniyam o’ldirib bo’larkanmi.

 

* * *

 

— Do’xtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xo’sh, xizmat haqingizga necha million so’m so’raysiz?

 

* * *

 

Xotin eriga qo’ng’iroq qilyapti:

— Ishlar qalay?

— Yaxshi.

— Sog’lig’ingiz-chi?

— Yaxshi.

— Men siz bilan ajrashaman.

— Yaxshi.

 

* * *

 

Ayol dugonasiga dedi:

— Kecha menga bir lo’li xotin uchradi. Uning aytishicha, to’rt farzandli bo’larkanman. Lekin birinchi farzandim xunuk, ikkinchisi piyonista, uchinchisi o’g’ri bo’larmish. Faqat to’rtinchi farzandimgina risoladagidek bo’larkan.

— Voy, unda birdan to’rtinchisini tug’ib qo’yaqol!