* * *
Mahbus kameradoshidan so’radi:
— Qamalganing sababini bilsak bo’ladimi?
— Ishonasanmi, davlat ham xuddi men yasaydigan pulga o’xshagan pullarni ishlab chiqararkan.
* * *
Bojxona.
— Jomadoningizni oching-chi!
— Mening jomadonim yo’q.
— Bu meni qiziqtirmaydi. Qonun hamma uchun barobar.
* * *
— Bojxonachilar qoplarini titkilagani uchun bobong xafa bo’lgandir-a?
— Aksincha xursand bo’ldi.
— Nega?
— Bobom bir hafta burun ko’zoynagini yo’qotib qo’ygan ekan. Bojxonachilar qop ichidan ko’zoynakni topib berishdi.
* * *
Jinnixona bosh vrachi yangi xodimni ish bilan tanishtiryapti. U palatalardan birini ochdi-da, dedi:
— Bu palatada faqat avtohavaskorlar yashaydi.
— Hech kim yo’q-ku!
— Ular karavot ostiga yotib olib mashinalarini ta’mirlashyapti.
* * *
Bir guruh jinnilar jinnixonadan qochib ketishga ahd qilishdi. Lekin ertasi kuni ulardan biri kelib sheriklariga dedi:
— Qochishning iloji yo’q.
— Nimaga?
— Devorni buzib tashlashibdi.
* * *
Sudya sudlanuvchidan so’radi:
— Ayting-chi, nega po’lat sandiqni buzib ochdingiz-u, pullarni olib, tilla taqinchoqlarni qoldirib ketdingiz?
— O’rtoq sudya, siz ham xotinimning gapini qaytarasiz-a!
* * *
Qahvaxonaga doimiy ravishda kiradigan mijoz har gal ofitsiantkaga hisob-kitobdan tashqari qo’shimcha choychaqa ham berib ketardi. Bir kuni qarasa, unga boshqa ofitsiantka xizmat qilishga shay turibdi. Undan so’radi:
— Har safar menga xizmat ko’rsatadigan dugonangiz qani?
— U sizni qartada yutqazib qo’ydi.
* * *
Vrach palatalardan biriga mo’ralasa, isitmasi baland bemor tepasidagi xotiniga xushomad qilyapti.
— Jonim! O’zimning go’zalim! Boyligim! Joni jahonim!..
Vrach sekin kirib ayoldan so’radi:
— U alahlay boshlaganiga ancha bo’ldimi?
* * *
DAN xodimi mashinani to’xtatib haydovchiga dedi:
— Siz qoidani buzdingiz…
— Aybdorman! Lekin bugun mening tug’ilgan kunim edi. Balki shu safar kechirarsiz-a?
— Albatta. Ammo kechqurun uyga borgach, sizning sog’lig’ingiz uchun qadah ko’tarishni judayam xohlardim.
* * *
— Otaxon, qarigan chog’ingizda qanday qilib turmaga tushib qoldingiz?
— Ajoyib qo’shnim bor. Juda shinavanda. Shu qo’shnimning o’g’li turmada edi. U safardan qaytguncha o’g’li bilan birga o’tirib turishimni iltimos qiluvdi, yo’q deyolmadim.