Norvegiyaning Ryukan shahrining aholisi sentyabrdan mart oyigacha quyoshni ko’rmaydilar.
Bunday sharoit aholining ruhiy ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi. Qishda depressiyaga uchragan insonlar soni bu yerda juda tez ko’payib ketadi.
Shaharning geografik joylashishi bunday g’aroyib iqlimga sabab bo’ladi – u yer har tarafdan tog’lar bilan o’ralgan pastlik.
Ammo 1913 yilda Ryukanning asoschisi Sam Eydega ajabtovur fikr keldi – u tog’ning cho’qqisiga oynalar o’rnatish rejasini tuzdi.
Ammo o’tgan asrning boshlarida bunday ishlar ko’p qiyinchiliklar tug’dirgan, shuning uchun bu tajribada Sam Eyde muvaffaqiyatga erisha olmagan.
Rassom va shu shaharda istiqomat qiluvchi Martin Anderson 2005 yilda bu rejani yana yodga soldi.
Yangi texnologiyalar va 5 million kron (550 000$) yordamida 2013 yilda uchta oyna o’rnatildi.
Ulardan yorug’lik shaharning asosiy maydoniga yo’naltirildi. Mahalliy aholining kayfiyati va farovonligi darhol yaxshilandi.
Sayyohlar soni ko’paya boshladi. Chang’i va snoubordda uchish uchun kelgan turistlar bu ajoyib konstruksiyani ko’rmasdan ketmaydilar.