* * *
Ota o’g’liga dedi:
— Men senga o’xshab o’n yoshimda yolg’on gapirmaganman, uyatchan bo’lganman.
— Necha yoshingizda uyalmay qo’ygansiz?
* * *
YIGITLARGA BEPUL MASLAHAT:
— Qizlar bilan janjallashganda, qulog’iga sira ura ko’rmang. Axir qulog’i eshitmay qolsa, sizni qaeri bilan sevadi?!.
* * *
Samolyotda bir yigit yonidagi go’zal qiz bilan tanishish uchun sira bahona topa olmasdi. Oxiri yurak yutib so’radi:
— Yaxshi qiz, siz ham shu samolyotda uchyapsizmi?
* * *
Bola yetaklagan ayol ko’chadagi bankomatga yaqin keldi-da, kredit kartochkasi yordamida pul oldi. Shunda bolakay hayron bo’lib so’radi:
— Ie, oyi, bu yerdayam dadam o’tirganmidi?
* * *
Qiz dugonasiga maqtandi:
— Yangi yildan keyin sevgan yigitim bilan toqqa ketdik. Bir hafta maza qilib dam oldik.
— Voy, qor rosa ko’p bo’lsa kerak-a tog’da?
— Qor?.. Qaydam…
* * *
Tish do’xtiri kabinetdagi karavotga bemorni yotqizib qo’ydi-da, o’zi yo’lakka chiqib uyoqdan-buyoqqa asabiy borib kelaverdi. Shunda hamshira so’radi:
— Nima, kasali og’irmikan?
— Og’irdan ham og’ir!.. Yaramasning bir dunyo puli bor-u, lekin hamma tishlari soppa-sog’ ekan!
* * *
— Sklerozni davolab bo’lmaydi. Ammo uni unutib yuborish osonroq (Vrachning maslahatidan).
* * *
— Hoy, sotuvchi, nega yuz gramm konyak o’rniga ellik gramm quyding?
— Bilasizmi, men keksayib qoldim. Ko’zim yaxshi ko’rmaydigan bo’lib qolgan.
— Nega unda konyakni stakandan toshib ketguncha quymading?
— Ie, men ko’rmidim?
* * *
Tun. Qabriston. Bir ayol qabrlarni oralab ketib borar, hatto qattiqroq nafas olishga qo’rqardi. Shu payt ro’parasida bir erkak paydo bo’ldi.
— Kechirasiz, keling, sizni uyingizgacha kuzatib qo’yay!
— Bo’pti.
Ular suhbatlashib keta boshlashdi. Erkak qiziq gaplar aytib ayolni shu qadar kuldirardiki, qanday uyga yetib borganini sezmay qoldi va erkakka minnatdorchilik bildirdi.
— Rahmat, siz juda qiziqchi odam ekansiz!
— O’, tirikligimda ko’rsangiz, bundanam qiziqchi edim.
* * *
Yapon olimlari chet ellik mijozlardan hammomda parlana oladigan, gitara jo’rligida qo’shiq kuylay oladigan, mashinani juda tez hayday oladigan, boplab so’kina oladigan robotga buyurtma olishdi…
Buyurtmachining millati hozircha sir tutilyapti.