KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Bolakay do’stlariga hasrat qilayapti:

— Juda qiynalib ketdim. Oldiniga stenokardiya, ketidan ateroskleroz. Endi ulardan qutulgandim, psoriaz paydo bo’ldi. Ketidan sariq, ichketar, yurak xuruji, jigar raki…

— Vo, qanday chidading?..

— O’zim ham bilmayman. Hali hech qachon menga bunday qiyin diktantni yozish to’g’ri kelmagandi.

 

* * *

 

Vrach huzuriga juda-juda ozib ketgan yigit kirib keldi. Uyqusizlikdan shikoyat qildi.

— Do’xtir, kechasi hovlida mushuklar baqirgani-baqirgan! Ertalab ishga borishim kerak. Ular bo’lsa, uyqu berishmaydi…

Vrach unga uxlatadigan dori yozib berdi. Bir haftadan so’ng yigitdan so’radi:

— Xo’sh, dorilar yordam berdimi?

— Yo’q.

— Nega?

— Men o’sha mushukni tutdim ham deylik. Ammo bu dorilarni og’ziga tiqib majburan ichirish qo’limdan kelmaydi.

 

* * *

 

— Ofitsiant, musiqachilaringiz buyurtma bo’yicha ishlashadimi?

— Ha.

— Unda manavi pullarni bering-da, ayting, men ovqatlanib olgunimcha qarta o’ynab turishsin!

 

* * *

 

Ikki do’st uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Xotining qalay?

U birpas o’ylanib turib… javob qildi.

— Yaxshi… Haliyam o’sha qabristonda…

 

* * *

 

Xitoydagi do’konga xaridor kirib sotuvchidan so’radi:

— Sizlarda ko’rinmas ruchka bormi?

— Ha, qaysi rangidan kerak?

 

* * *

 

Avtobusda ikki qiz ketib borishardi. Bir yigit ularga yaqin keldi-da, dedi:

— O’, qanday chiroylimiz-a!..

— Voy-voy-voy!!!

— Mayli, mayli… Hazillashdim…

 

* * *

 

Chukcha idish to’la baliqni qo’riqlab o’tirardi. Bir kishi kelib so’radi:

— Maylimi bir-ikkita balig’ingdan olsam?

— Yo’q, boshliq ruxsat bermaydi.

— Boshliq kim o’zi?

— Men.

— Shunaqami? O’rtoq boshliq, bir-ikkita baliq olishga ruxsat bering!

— Nega bir-ikkita? Qancha xohlasang olavermaysanmi!?

 

* * *

 

Erkak qizchasi bilan o’ynayotgandi. Qizchasi kutilmaganda o’yindan to’xtadi-da, dadasini turtib yuborib dedi:

— Bo’ldi, boshim og’riyapti.

Erkak o’tirib xotiniga tikilib turgach, o’zicha g’udranib qo’ydi:

— Nima balo, sizlarni shunday deyishga bolalikdan o’rgatishadimi?

 

* * *

 

Jinni ayol o’ziga o’xshagan bittasiga dedi:

— Oxirgi vaqtlarda qornimda qandaydir yuk paydo bo’lgandek… Ko’nglim ayniyveradigan bo’lib qoldi.

— Vrachga uchrashmadingmi?

— Uchrashdim. Yana sakkiz oy chidab turishim kerak ekan.

 

* * *

 

Qiz badavlat xonadon eshigini taqillatib so’radi:

— Sizlarga enaga kerak emasmi?

— Bilasizmi, biznikida umuman bola yo’q.

— Hechqisi yo’q. Bolalarni o’zim bilan birga olib kelaman.