KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Erkak do’stiga dedi:

— Yillar o’tgani sayin biz xotinim bilan bir xil o’ylaydigan bo’lib boryapmiz.

— Nima, xotining ham ayollar haqida o’ylay boshladimi?

 

* * *

 

Ayol shahardagi talaba o’g’liga qo’ng’iroq qilib so’radi:

— Bolam, imtihonlaring qanday o’tyapti?

— Qimmatlashib ketibdi imtihonlar, ona!

 

* * *

 

Biznesmen ofisga xorijlik mehmonlarni boshlab kirdi-da, kotibasiga dedi:

— Salomatxon, menga qahva, manavi uch mahluqqa esa ko’k choy damlang!

Shu payt guruh orasidan biri gap tashladi:

— Ikki mahluqqa, men tilmochman!

 

* * *

 

Erkak restoranda ovqatlangach, ofitsiantni chaqirib hisob-kitob qilishini so’radi. Ofitsiant hisoblab bo’lgach, dedi:

— Bir million so’m bo’libdi.

— Nima? Bir marta ovqatlanishim-a? Balki hamkasblik hurmati chegirma qilarsiz?

— Ie, sizam ofitsiantmisiz?

— Yo’q, men qaroqchiman.

 

* * *

 

Ob-havoni noto’g’ri aytgani uchun sinoptikni o’lim jazosiga hukm qilishdi. Odamlar qatlni qay ko’rinishda ijro etish masalasida bahslashishyapti.

— Otib tashlash kerak uni!

— Yo’q, suvga cho’ktirib yuborish kerak.

— Boshini tanidan judo qilish kerak!

Shunda to’rtinchi odam dedi:

— Buni daraxtga osib qo’yish kerak. Shunda hech bo’lmasa shamol qay tarafga esayotganini ko’rib turardik.

 

* * *

 

Erkak do’stiga dedi:

— Men xotinimga tug’ilgan kunida brilliant ko’zli uzuk sovg’a qildim.

— E, shuyam sovg’ami, og’ayni? Kattaroq, arziydiganroq sovg’a olsang bo’lardi-ku! Masalan, mashina!

— Sen mashinaning qalbakisini hech ko’rganmisan?..

 

* * *

 

Sudya o’tirganlarga dedi:

— Agar yana kimda kim «Yo’qolsin sudya!» deb qichqirsa, sud zalidan haydab chiqaraman!.. Ayblanuvchi, bu sizga tegishli emas!

 

* * *

 

Qushlar do’konida.

— Sizlarda sichqonga qarshi dori bormi?

— Ha.

— Mazalimi?

 

* * *

 

— Jonim, mening sevgimni rad etsang, o’zimni poezd ostiga tashlayman.

— To’xtang, o’ylab olay, poezd baribir ertaga jo’naydi-ku!

 

* * *

 

— Xo’sh, Bulutvoy, nega yozgan diktantingda qatorlarni tashlab-tashlab ketibsan?

— Reklama uchun joy qoldirdim!