KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Yangi kotibadan rahbarning rafiqasi so’radi:

— Siz ham oldingi kotibaga o’xshab sho’x emasmisiz?

— Oldingi kotiba kim edi o’zi?

— Men.

 

* * *

 

Muharrir yaqinda ijod qilishni boshlagan yosh shoirdan so’radi:

— Bungacha she’ringizni yana kimgadir o’qib berganmisiz?

— Nimaydi?

— Anavi… Ko’kargan ko’zingizni ko’rib aytaman-da!..

 

* * *

 

— O’g’lim, bog’dagi gullarni sug’orib qo’y!

— Yomg’ir yog’ayapti-ku!

— Nima bo’pti? Yomg’irpo’shing bor-ku, axir!

 

* * *

 

Yigit qizdan so’radi:

— Bunchayam kelishgansiz?

— Men qomatim buzilmasligi uchun faqat qora non yeb kun kechiraman.

— Yo’g’-e, nahotki?

— Ha.

— Keling, unda tezroq turmush quraylik!

 

* * *

 

Qari juhud qo’shnisiga dedi:

— Qanday kunlarga qoldik-a! Benzin yana qimmatlashibdi-ya!

— Sizga nima? Baribir mashinangiz yo’q-ku!

— Ie, «zajigalkam-chi?

 

* * *

 

Ayol montyorga qo’ng’iroq qildi.

— Men sizdan eshik qo’ng’irog’ini tuzatib bering demaganmidim?

— Men siznikiga borganman.

— Voy, qachon? Uydan chiqmay sizni kutib o’tiribman-ku!

— Bordim. Eshik qo’ng’irog’ini chaldim, chaldim. Hech kim eshikni ochmadi.

 

* * *

 

Erkaklarga ayollarning xushomadlari:

— Men sizning yoningizda bo’lsam, o’zimni juda aqlli his eta boshlayman.

— Juda jiddiy, o’ychansiz. Qamoqdan chiqib kelyapsizmi?

— Ko’ylagingizga tegib qolgan lab bo’yog’ining rangi juda chiroyli ekan.

— Men erkaklar uchun qizil paypoqlar ishlab chiqarila boshlaganidan bexabar ekanman.

— Yaxshi, siz bilan yashash maroqli. Lekin afsuski… Pulingiz juda kam qoldi.

 

* * *

 

— Nega buncha qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror narsa bo’ldimi?

— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.

 

* * *

 

Uch yigit bir-biriga maqtanyapti.

Birinchisi: — Men o’tgan yili yuz metr tepalikdan dengizga o’zimni tashlaganman.

Ikkinchisi: — Be, shuyam gap bo’ldimi? Men o’tgan yili samolyotda ketayotib, umrimda birinchi marta o’n ming metr yuqoridan parashyutda sakradim.

Uchinchisi (ma’yus kulimsirab): — Men maoshdan orttirgan pullarimni dollarda emas, so’mda saqlayman.

 

* * *

 

Bolakay ko’chada onasiga qichqirdi:

— Oyi, qarang, men velosipedimni qo’lsiz haydayapman!

Oradan sal o’tmay, ortga qaytib keldi-da, onasiga yig’lamsirab qichqirdi:

— Oyi, qalang, velosipedimni tissiz haydayapman!