MAKKAJO’XORI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Makkajo’xori meksikaliklar va hindularning asosiy ovqati hisoblanadi. Eramizdan oldingi 10 minginchi yillarda meksikaliklar makkajo’xorini uy sharoitida yetishtira boshlashgan.
2. Ba’zida makkajo’xorining bo’yi 7 metrgacha yetadi.
3. Makkajo’xori tarkibida Mendeleev tablitsasiga kiritilgan 26 ta element mavjud. U o’zining foydali xususiyatlarini tuzlangan ko’rinishda ham yo’qotmaydi.
4. Hindular makkajo’xorini oshqovoq bilan yonma-yon ekishadi. Shunda makkajo’xoriga kelishi lozim bo’lgan namlik yo’qolmas ekan.
5. Makkajo’xori faqat urug’dan ko’karadi. Agar o’sib chiqqan poyasi sinsa-yu, uni qaytadan ekib qo’ysangiz, ko’karmaydi, aksincha chirib bitadi.
6. Biz makkajo’xori doni sariq rangda bo’ladi xolos deb o’ylaymiz. Aslida esa uning mingdan ziyod rangga ega turlari bor. Hatto, siyohrang donli makkajo’xori ham yetishtiriladi.
7. Bugungi kunda makkajo’xoridan 500 dan ko’proq mahsulotlar tayyorlanadi. Ya’ni, hayvonlar uchun yem, spirt, kleyster, plastik, shtukaturka, sanoatda ishlatiladigan filtrlar va hokazolar makkajo’xoridan tayyorlanadi.
8. Makkajo’xorida odam organizmi uchun zarur bo’lgan barcha vitamin va minerallar bor. Shu sababli faqat makkajo’xori bilan oziqlanadigan odam o’zini yaxshi his etishda boshqalardan sira qolishmaydi.
9. Makkajo’xorining «Glass Gem» deb ataluvchi naviga tegishli donlar turli ranglarda bo’ladi. Bu navdan ayollar taqinchoqlari tayyorlanadi.
10. Arxeolog olimlarning izlanishlari hindu qabilalarida makkajo’xoridan tayyorlangan bodroq iste’mol qilish 5 ming yil oldin urf bo’lganini ko’rsatdi.
11. Meksikaliklar makkajo’xori iste’molida tengsiz. Har bir meksikalik 1 yilda 90 kilo makkajo’xori yeydi.
12. Makkajo’xorini tuz solmasdan qaynatish kerak. Yo’qsa, u qaynash jarayonida qotib qoladi. Keksa makkajo’xori 2 soatda pishadi, yoshi esa 15 daqiqada tayyor bo’ladi.
13. Makkajo’xori soqoli tibbiyotda keng qo’llaniladi. U vitamin va mikroelementlarga boy.
Olimjon HAYIT tayyorladi