KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— O’g’lim, sen maktabdan o’z vaqtida kelishga va’da berganmiding?

— Ha, dada.

— Vaqtida kelmasang, seni yaxshilab kaltaklashga men ham va’da berganmidim?

— Dada, men va’damda turmadimmi, mayli, siz ham va’dangizni bajarmay qo’ya qoling.

 

* * *

 

Gadoy non do’koniga kirib so’radi:

— Non yangi kelganmi?

— Ha.

— Ichiga kishmish solinganmi?

— Ha.

— Qaynoqmi?

— Qaynoq.

— Xudo yo’liga bir donasini sadaqa qiling!

 

* * *

 

Supermarketda.

— Tabriklaymiz!.. Siz mana shu videokameramizni o’g’irlashga uringan yuzinchi xaridorsiz!

 

* * *

 

Ayol dugonasidan so’radi:

— Eringning ahvoli qalay?

— E, ertalabdan kechgacha vannaxonaga kirib baliq ovlaydi. Nima qilishniyam bilmay qoldim.

— Voy, psixiatr chaqir!

— To’g’ri, chaqirsam bo’ladi. Ammo shunday baliq yegim kelyaptiki…

 

* * *

 

Jinni do’konga kirib sotuvchiga dedi:

— Menga bir kilo sut bering!

— Bir bo’lak kesib beraymi, yo hammasini qog’ozga o’rab beraymi?

— Baribir, men velosipedda kelganman.

 

* * *

 

Psixiatr jinniga dedi:

— Siz sog’aydingiz. Bilingki, endi siz «pista» emassiz. Bemalol uyga ketaverishingiz mumkin.

Jinni chiqib ketib birozdan so’ng qaytib keldi va vajohat bilan qichqirdi:

— Qarang, tovuq ortimdan quvlayapti!

— Pista emasligingizni bilasiz-ku! Ketavermaysizmi endi!?

— Men-ku, bilaman, lekin tovuq bilmaydi-da!

 

* * *

 

— Siz ellik ming so’m miqdorida jarimaga tortildingiz. O’ylaymanki, bundan keyin telefon-avtomatlar ichidagi pullarni o’g’irlamaydigan bo’lasiz.

— Tushundim, o’rtoq sudya. Kechirasiz… Ayting-chi, jarimani o’n so’mlik tanga bilan ham to’lasam bo’ladimi?

 

* * *

 

Talabalar yotoqxonada o’tirib televizor orqali ob-havo ma’lumotini tinglashardi. Boshlovchi ertaga shamol Shimoli-Sharq tarafdan esishini aytgach, ko’zlariga yosh olib shunday deyishdi:

— Obbo, yana leksiyaga bora olmas ekanmiz-da!..

 

* * *

 

— Agar odam savolga savol bilan javob qaytara boshlasa, u yoki juhud, yoki imtihon topshirayotgan talabadir.

 

* * *

 

— Qaysi ovqat umuman kaloriyasiz hisoblanadi?

— Ko’z bilan yeyiladigani.

 

* * *

 

— Yemaydi, ichmaydi, lekin o’sishdan to’xtamaydi. Bu nima?

— Narx-navo.

 

* * *

 

— Nega Avstraliya itlari dunyoda eng tez yuguradigan itlar hisoblanadi?

— Chunki, Avstraliyada daraxtlarning oralig’i boshqa davlatlardagiga nisbatan uzoq.