1. O’rik eramizdan avvalgi to’rt minginchi yillarda paydo bo’lgan.
2. Yevropadagi ayrim davlatlarda o’rikni «armanlar olmasi» deb atashadi.
3. O’rik qoqisida yangi uzilgan mevaga nisbatan o’n chandon ko’proq kaloriya mavjud.
4. Yevropaliklar o’rikni ilk bor Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlardan so’ng o’zi bilan olib kelgach, tatib ko’rish baxtiga muyassar bo’lishgan.
5. Botaniklar allaqachon o’rik va olchani chatishtirish natijasida «qora o’rik» deb nomlangan gibrid yaratishgan. O’rikning bu turi ham shirinlikda va kaloriyaga boylikda oddiysidan sira qolishmaydi.
6. O’rik quyosh nuri, issiq havoni sevadi. Quyosh nuri unga qancha ko’p tegsa, havo qancha issiq bo’lsa, o’rikning mazasi shuncha ortadi.
7. O’rik Sibirda ham o’sadi va 45 daraja sovuqqa chidaydi. Faqat Sibir o’rigi juda mayda va nordon ta’mga ega bo’ladi.
8. O’rik danagidan ba’zida marsipan (bodom va qand siropi aralashtirib tayyorlangan un) tayyorlashda ham unumli foydalanishadi.
9. Mevalar ichida o’rik quritilganda ham hech qachon mazasini, foydali xususiyatlarini yo’qotmaslik bo’yicha alohida ahamiyat kasb etadi.
10. O’rik tarkibida kaliy ko’pchilikni tashkil etadi. Yurak xastaligiga uchraganlar o’rik pishig’i paytida kaliy tomchi dorisi o’rniga shu jannat mevasini to’yib yesalar, ko’proq foyda ko’rgan bo’lishardi. Qolaversa, o’rik siydik haydash, ichni yumshatish xususiyatiga ega. Yozning issiq kunlarida muzdek o’rik sharbatini ichsangiz, chanqog’ingiz qonib, tanangiz yayraydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi