QASAM
Men shifokor Bosvoldi Otvordiyevich oq xalatimning qora, qizil, yashil… Va… yana boshqa rangdagi dog’lariga umuman e’tibor qilmaslikka, bemorlarimni ko’zga ilmaslikka, ularga psixologik ta’sir o’tkazish doirasida sharaqlamasdan, antisharmandaomuz kulmaslikka, zavedishiy bemordan pora olganini bilmaslikka, sababini so’rmaslikka, umuman bu voqeani ko’rmaslikka, bemor hamisha tetik va bardam bo’lishi uchun qish kunlarida sovqottirishga, tezroq bo’shashib uxlab qolishi, boshimni qotirib asabimni analginga aylantirmasligi uchun yozning jaziramasida bir-biridan quyosh tig’i tushar palatalarda yottirishga, xalatdoshlarimning «tirikchilik» qilishlarida yordamlashishga, bemorni o’z aybim bilan o’ldirib qo’ysam, yaqinlari bilan birgalikda «otam»lashishga, bannisamning sha’nini qamishdan bel boylab himoya etishga, ishdan haydalgan taqdirimda ham yana o’sha bemorlar yotgan palatalar tarafga hamma qarab turgan bo’lsayam, tupurib-tupurib, keyin ketishga qasam ichaman…
Hormasboy TOLMASBOYEV