* * *
Eshik taqilladi. Uy egasi eshikni ochdi.
— Salom! Biz pastki qavatdagi qo’shnilaringizmiz. Iltimos, sizga xizmat ko’rsatishga ijozat bering!
— Qanaqa xizmat?
— Televizoringiz hamda magnitofoningizni o’chirib qo’yamiz.
— O’zim ham o’chirib olaveraman.
— Mayli-ku, lekin bilib qo’ying, mushtlashuvi bilan xizmat sizga ancha qimmatga tushadi.
* * *
Yigit zargarlik do’koniga kirgach, sotuvchi unga dedi:
— Do’konimizga xush kelibsiz! Mana, bizda turli ko’rinishdagi tilla taqinchoqlar bor. Yigirma foiz chegirmasi bilan sotamiz. Ishonamanki, sevgan qizingizga juda yoqib tushadi.
— Mening sevgan qizim yo’q.
— Voy, nega sizday kelishgan yigitning sevgan qizi yo’q?
Yigit (xomush tortib):
— Xotinim ruxsat bermaydi.
* * *
Dorixonada.
— Yaxshi qiz, menga bir litr toza spirt bering!
— Reseptingiz bormi?
— E, reseptim bo’lganda, o’zim tayyorlab olaverardim.
* * *
Bolalar bog’chasida. Qizaloq bolakaydan so’radi:
— Yangi yilda kim bo’lasan?
— Shrek.
— Niqobini olib berishdimi?
— Ha. O’zing kim bo’lasan?
— Sohibjamol.
— Niqobini olib berishdimi?
* * *
Yangi uylangan kuyov kelinga dedi:
— Turmush qurganimizga endi uch kun bo’libdi-yu, sen halitdan janjallashishni boshlaysan-a!
— Voy, men bu kunni uch yil kutdim, axir!
* * *
Milliarderdan muxbir intervyu olayapti.
— Boyib ketishingizning siri nimada?
— Sabr, do’stim, sabr.
— Men sabr ish bermaydigan minglab hodisalarni misol keltirishim mumkin.
— Xo’sh, ayting-chi!
— Masalan, g’alvirda suv keltirish.
— Siz nohaqsiz. G’alvirni olib qish kelishini kutsangiz, hammasi joyida bo’ladi.
* * *
Xotin:
— Chap kaftim qichishayapti… Pul tushsa kerak.
Er (gazeta o’qishdan boshini ko’tarib):
— Pul bermayman!
* * *
Yangi kotibadan rahbarning rafiqasi so’radi:
— Siz ham oldingi kotibaga o’xshab sho’x emasmisiz?
— Oldingi kotiba kim edi o’zi?
— Men.
* * *
Ikki ekstrasens uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Xo’sh, mening ishlarim qalay?
* * *
Erkak yaqin do’stini o’ttiz yildan so’ng uchratib qoldi. Uning o’nta farzandi borligini ko’rgach, so’radi:
— Sen xotining bilan juda baxtli yashayotgan bo’lsang kerak-a?
— Bu nima deganing? Xudoning bergan kuni menga baqirgani baqirgan. Ochig’ini aytsam, undan juda qo’rqaman.
— Unda nega shuncha bola orttirding?
— Bolalarning orasiga berkinib olish qulay-da!