* * *
Ikki yigit qahvaxonada suhbatlashyapti.
— Bilasanmi, ota-onamning hisobiga yashash jonimga tegdi.
— Ie, ish topib ishlamoqchimisan endi?
— E, yo’q, bobomnikida yashab turaman.
* * *
— Dada! Meni endi sinfimda eng yomon o’quvchi demay qo’yishdi.
— Nimaga?
— Mendan ham yomon o’qiydigan yangi o’quvchi keldi.
* * *
Bolalar bog’chasida 8 mart bayramiga bag’ishlangan marosim bo’lyapti. Bir bolakay marosim boshlangandanoq dod solib yig’layverdi. Undan so’rashdi:
— Nega yilayapsan?
— Qorbobo kelmadi.
* * *
Yo’l chetida mushuk o’lib yotardi. Bolakay onasidan so’radi:
— Oyi, mushukka nima bo’ldi?
— U o’lib qoldi va osmonga chiqib ketdi.
— Ie, osmonga chiqqandan keyin uyoqdagilar mushukni qaytadan yerga tashlab yuborishdimi?
* * *
Bolakay supermarketda yo’qolib qoldi. Unga bir ayol yaqin kelib so’radi:
— Oting nima?
— Bilmayman.
— Oyingning ismi nima?
— Bilmayman.
— Hech bo’lmasa manzilingni bilarsan?
— Ha, manzilim malchik@mail. ru!
* * *
Vrachning telefoni jiringladi.
— Allo, eshitaman!
— Do’xtir, telefon orqali ham tashhis qo’ya olasizmi?
— Albatta, qani, yechining!
* * *
Ikki chukcha baliq ovlashardi. Biri kattakon cho’rtan tutib oldi-yu, qo’rqqanidan sherigidan so’radi:
— Buni qanday o’ldiraman?
— Cho’ktirib yubor, o’ladi-qoladi!
* * *
Qiz dugonasiga arz qilyapti:
— Kecha sevgan yigitim bilan uchrashuvga chiqsam, u menga so’lib qolgan gul sovg’a qildi.
— Sen uchrashuvga o’z vaqtida borishga harakat qilgin-da!
* * *
Erkak tug’ruqxona eshigi oldida turgancha bezovtalanardi. Nihoyat hamshira qora tanli chaqaloqni ko’tarib chiqdi. Erkak dahshatdan nima qilishni bilmay hayqirdi:
— Men xotinimdan buni kutmagandim! Yaramas, uyda ovqatni tagiga oldirgani yetmay, bolaniyam kuydirib yuboribdi-ya!
* * *
Oltinchi sinfda nazorat ishi. Sinfxonaga zavuch kirib muallimaga dedi:
— O’, nazorat ishi yozayapsizlarmi?
— Ha.
— Sinf to’la havaskor ko’chirmachilar bo’lsa kerak, hoynahoy?
Shunda o’quvchilardan biri luqma tashladi:
— Ustoz, bu sinfda havaskorlar yo’q. Hammasi professionallar!
Olimjon HAYIT tayyorladi