* * *
Nevara hovlida halinchak uchayotgan qari bobosidan so’radi:
— Bobo, nima qilyapsiz? Yiqilib tushasiz-ku! Sizga nima bo’ldi o’zi?
— E, do’xtir menga ko’proq harakat qiling degandi!
* * *
Okopdagi suhbatdan.
— Og’ayni, keyingi hujumga chiqasanmi?
— Yo’q, bitta hujumdan keyin chiqaman.
* * *
— Agar sizga ko’z qisib qarashayotganini sezsangiz, bilingki, siz Xitoydasiz.
* * *
Agar oldingizdan qora toshbaqa o’tib ketsa, yurishga sirayam shoshilmang!
* * *
— Agar xotiningizga erinibgina xiyonat qilayotgan bo’lsangiz, bilingki, uni haqiqatan sevasiz.
* * *
— Agar DAN xodimi sizni to’xtatib, soatiga 170 km tezlikda uchib kelayotganingizni ta’kidlay boshlasa, bilingki, siz atigi 70 km tezlikda mashina haydab kelgansiz, u esa soatiga 100 km tezlikda daraxtlar orasidan uchib chiqqan.
* * *
Ayollar xuddi bolalarga o’xshashadi. Nima desang, «Yo’q» deb javob qilishni xush ko’rishadi.
Erkaklar ham bolaga o’xshashadi. Shu javobni jiddiy qabul qilishadi.
* * *
Maktabda bir yillik baholar qo’yilgan tabellarni o’quvchilarga tarqatishdi. Eshmat uyga kelib tabelni otasiga ko’rsatarkan, boshini eggan ko’yi dedi:
— Dada, asosiysi biz bolalaringiz sog’-salomat bo’lishimiz kerak. To’g’rimi?
* * *
O’quvchi partadoshiga dedi:
— Qara, anavi yangi kelgan qiz menga qarab kulib qo’ydi.
— E, seni birinchi ko’rganimda menam kulaverib sal bo’lmasa o’lib qolayozganman.
* * *
Chumoli xotiniga dedi:
— Onasi, men fil bilan qarta o’ynashga boraman. Yutqazganning miyasiga mushtlashga kelishganmiz. Nima deb o’ylaysan? So’zida turarmikan?
— Bilmadim. Uning o’rnida men bo’lsam, so’zimda turmasdim.
— Nega?
— Chunki, sizning mushtingiz o’lguday og’ir.
Olimjon HAYIT tayyorladi