KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Sudlanuvchi, nega mashinani o’g’irladingiz?

— Vokzalga shoshayotgandim. Shuning uchun o’sha mashinani o’g’irlashga majbur bo’ldim. Afsusdaman.

— Shoshayotgan bo’lsangiz, trolleybus, tramvaydan foydalansangiz bo’lmasmidi?

— O’rtoq sudya, siz kimningdir tramvay o’g’irlaganini eshitganmisiz?

 

* * *

 

Oq ayiq o’rmonda ketayotsa, yo’lidan eshak chiqib qoldi. U eshakdan so’radi:
— Hoy, eshak, shimoliy qutbga qanday borsa bo’ladi?
— Bilmadim. Biroz kutib tur, og’aynilarimdan so’rab ko’ray!
Birozdan so’ng u bir to’da eshaklarni yetaklab keldi va oq ayiqqa dedi:
— Shimoliy qutb qaerdaligini bilmadim-u, lekin eshak deganing uchun javob berasan.

 

* * *

 

Bir bolakay tijorat qilmoqchi bo’ldi va har kuni onasiga somsa pishirtirib bozorda sota boshladi. Bir erkak har kuni kelardi-da, besh yuz so’m berardi, lekin somsa olmasdi. Nihoyat kunlarning birida erkak bolakaydan so’radi:
— Sen pul berib nega somsa olmayotganimga hayron bo’lgandirsan-a?
— Yo’q, hayron bo’lganim yo’q. Lekin aytib qo’yishim kerak, somsa bugundan boshlab ming so’mdan sotilyapti.

 

* * *

 

Ota jin ishdan so’ng uyga keldi. Ona jin uning qarshisiga o’g’ilchasini yetaklab kelib dedi:
— Buningizning bir adabini berib qo’ying! Kun bo’yi o’zini xuddi farishtalardek tutdi.

 

* * *

 

Ikki jinni «Zaporojes» sotib olishdi. Biri old kapotni ochib baqirdi:
— Ie, motorni o’g’irlab ketishibdi!
Ikkinchisi orqa kapotni ochib, javob qildi:
— Qo’yaver! Egasi yukxonaga zapas motor joylab qo’ygan ekan.

 

* * *

 

Tergovchi qurilish ustasidan so’radi:
— Ayting-chi, hamkasbingiz narvondan yiqilib tushganda qanday yordam ko’rsatdingiz?
— Darrov boshiga kaskasini kiydirib qo’ydim.

 

* * *

 

O’g’il onasidan so’radi:
— Oyi, men kechasi tug’ilganmanmi?
— Ha, bolam, kechasi tug’ilgansan.
— Sizni uyg’otib yubormaganmanmi?

 

* * *

 

Sayohat agentligiga qo’ng’iroq qilishdi.

— Allo, Misrga yo’llanma sotasizlarmi?

— Ha.

— Misrda qanday kurortlar bor o’zi?

— Sharm-al-Shayx, Xurgada, Taba, Nuveyba.

— To’xtang, Nuveyba dedingizmi?

— Ha, qachon bormoqchisiz?

— Uzr, biz… Shunchaki, skanvord yechayotgandik. Nuveyba to’g’ri keladi.

 

* * *

 

Oltinchi sinf qizlari qo’shni sinf o’g’il bolalaridan so’rashdi:

— «Shvabra» bormi?

— Yo’q, u bugun darsga kelmadi.

 

* * *

 

Jinni jinniga dedi:

— Men o’n ikkinchi qavatga chiqib turaman. Sen ham qarama-qarshi tarafdagi o’n ikki qavatli uyning o’n ikkinchi qavatiga chiqib turasan. So’ngra men qo’limdagi fonarni yoqaman. Sen fonarning nuriga chiqib men turgan uyga yurib o’tasan. Kelishdikmi?

— Ie, to’satdan fonaring o’chib qolsa, yiqilib tushaman-ku!

Olimjon HAYIT tayyorladi