1. Sherning yuragi mushuksimonlar oilasida eng kichkina a’zo sanaladi.
2. Sher mushuksimonlar oilasida hajmi kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin yo’lbarslarga tegishli.
3. Bir yarim ming yil oldin sherlar Yevropada ham umrguzaronlik qilgan. Lekin ularni shafqatsizlarcha qirib tashlashgan.
4. Sherlar tabiatan juda dangasa. Qorni to’q bo’lsa, sher jiddiy xavf sezilganda yoki soyaga o’tishga to’g’ri kelgandagina o’rnidan turadi.
5. Sherlar oilasida urg’ochilar ovga chiqadi. Agar o’lja yirik bo’lsa, erkagi ham albatta yordamga keladi.
6. Nikoh mavsumida urg’ochi va erkak sherlar kuniga yuz martalab jinsiy munosabatga kirishadi. Nikoh mavsumi esa bir haftaga yaqin davom etadi.
7. Sher hech qachon go’shtni chaynab yemaydi. Butunicha yutadi. Tishlaridan faqat o’ljasini bo’laklab tashlash uchun foydalanadi.
8. Yangi tug’ilgan shervachchalar bir yarim kilo vaznga ega bo’ladi.
9. Havo isib ketgan paytlarda sherlar bir kecha-kunduzda 20 soatlab uxlaydi.
10. Sherlar hech qachon yolg’iz yashamaydi. Ular oilaviy hayotni ma’qul ko’radi.
11. Ikki-uch yoshga yetgach, yosh erkak sherlar to’dadan haydab solinadi.
12. Bir marta ovqatlanganda, yoshi ulug’ sher 30 kilogrammgacha go’sht yeydi.
13. Yovvoyi tabiat qo’ynida sherlar 15 yilga yaqin umr ko’radi. Qafasda esa ikki hissa ko’proq yashaydi.
14. Sherning yungi uzunligi qirq santimetrgacha yetadi.
15. Chegara talashish oqibatida yuzaga keladigan savashlar natijasida erkak sherlar aksar hollarda o’lim topadi. Urg’ochilari bu savashda ishtirok etmaydi.
16. Sherning tirnoqlari uzunligi 7 santimetrdan ortiqroq bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Hammasi uchun rahmat juda yaxshi yozibsiz
Urgʻochi sherni nomlanishi
Rahmat manga yoqdi