* * *
Olti yashar qizaloq o’ziga o’zi dedi:
— Borib buvijonimni uyg’otay-chi, qachon uyg’onarkan!
* * *
— Hoy qo’shni, o’g’lingiz meni sigir deb haqorat qildi!
— Obbo, yaramas-ey! Ming marta aytganman odamlarni tashqi ko’rinishiga qarab baholama deb!
* * *
— Bobo, birinchi muhabbatingizni eslay olasizmi?
— E, bolam, oxirgisiyam allaqachon esimdan chiqib ketgan.
* * *
To’qqiz yashar qizcha onasidan so’radi:
— Oyi, avloddan avlodga o’tib kelayotgan billur guldonimizni bilasiz-a?
— Ha, bilaman. Nimaydi?
— Mening avlodim o’sha guldonni hozirgina sindirib qo’ydi.
* * *
Muallima:
— Xo’-o’sh, Eshmatvoy, «sevish» so’zining kelasi zamon formasini ayt-chi!
— Turmushga chiqish.
* * *
Muallima o’quvchilarga yuz so’zdan iborat biror hodisani yozib kelishlarini vazifa qilib bergandi. Toshmat hodisani quyidagicha qog’ozga tushirdi:
— Kecha oyim do’kondan norkali paltoda uyga kirib keldi. Qolgan to’qsonta so’zni dadamning o’zi aytdi.
* * *
Sevishganlar bog’da o’tirishibdi. Qiz:
— Meni sevasizmi?
— Ha.
— Qattiq sevasizmi?
— Ha.
— Romeo Julyettani sevgandek-a?
— Ular kim? Bunaqa kitobni o’qimaganman.
— Jonim, meni Otello Dezdemonani rashk qilganday rashk qilasizmi?
— Buyam kitobdanmi? Buniyam o’qimaganman.
— Nimani o’qigansiz o’zi?
— «Mumu»ni o’qiganman. Hadeb huraversang, cho’ktirib yuboraman!
* * *
— Bolakay, nega baqiryapsan?
— Meni kaltaklashdi.
— Nimaga kaltaklashadi?
— Baqirganim uchun.
* * *
Bo’rivoy umrida birinchi marta qabristonga bordi. U yerdagi qabrtoshlarni, yodgorliklarin ko’zdan kechirib chiqqach, o’ziga o’zi dedi:
— Qiziq, unda yomon odamlar qaerga dafn etilgan ekan?
* * *
— Oyi, bugun avtobusda ketayotib bir ayolga joy bo’shatgandim, u o’tirmadi.
— Sen nima qilding?
— Qaytadan dadamning tizzasiga o’tirib oldim.
Olimjon HAYIT tayyorladi