***

— Xotinim polkovnik bilan uchrashib yurarkan. Men ham xotinimdan qasos olish uchun polkovnikning xotini bilan uchrashadigan bo’ldim.

— Axir, polkovnikning xotini yo’q-ku!

— Menga baribir.

***

Haydovchi mashinasini to’xtatgan militsionerga dedi:

— Uzr kamandir, tezlikni oshirish niyatim yo’q edi. Ammo shu qadar ko’p ichgan ekanmanki, ko’nglim aynib tezlikni ko’rsatadigan uskunaning ustiga qusib yuboribman.

***

Soliqlarni bir qarashda sevib qolishning iloji yo’q. Shu sababli uni ikki-uch marotaba aylanib o’tishga to’g’ri keladi.

***

Bozordagi reklamadan:

— Bozorimizning chap biqinida joylashgan do’konda quyidagi qimmatbaho buyumlarni xarid qilishingiz mumkin:

1. Qulog’i og’irlar uchun radiotelefon.

2. Bir tutqichli, ikki chumakli va uch og’izli ajoyib choynaklar.

3. Metalldan yasalgan sharf.

4. Grammlab quyiladigan sigaretlar.

***

Men seshanba kuni ishga borish uchun dushanbada uyg’ondim. Chorshanba kuni bilsam, payshanba kuni kuchli sel kelarkan. Shuning uchun juma kuni o’yladim. Yakshanba dam olish kuni bo’lsa, shanba kuni ishga borib nima qilaman?!.

***

Do’kondagi suhbatdan:

— Xonim, sizga atir hujumga o’tish uchunmi yoki himoya uchunmi?

***

Jinni qo’liga ko’zgu oldi-da, tikilib turib sherigiga dedi:

— Qara, negadir manavi bashara tanish ko’rinyapti.

— Qani, ber-chi!..

Ikkinchi jinni ham ko’zguga tikilib turdi-da, qichqirdi:

— E, ahmoq, axir, bu menman-ku!

***

— Menga qara, xotining protivogaz kiyib olgan bo’lsa, u bilan birga uxlash senga yoqadimi?

— Albatta.

— Sabab?

— Birinchidan, u gapirmaydi. Ikkinchidan, men uning basharasini ko’rmayman. Uchinchidan, mabodo protivogazning teshikchasini sekin yopib qo’ysam, o’zi qimir-qimir qilib bo’ynimga osila boshlaydi.

***

— Dugonajon, biram yaxshi kiyinasanki… Ering qancha oladi o’zi?

— Oxirgi marta besh yil olgandi.

***

Ona o’g’liga shivirladi:

— Bobong og’ir kasal. Bor, unga biror yoqimli gap ayt! Ajabmas ko’ngli ko’tarilsa.

O’g’il sekin bobosiga yaqin keldi-da, so’radi:

— Bobojon, dafn marosimingizda harbiy orkestr kuy chalib turishini xohlaysizmi?

***

Matematika darsida Toshmatvoydan muallima so’radi:

— 8+4 necha bo’ladi?

— O’n besh.

— 12+7-chi?

— Yigirma sakkiz.

— Qiziq. Otang nima ish qiladi o’zi?

— Restoranda ofitsiant bo’lib ishlaydi.

***

Siyohdonga pashsha tushib qoldi. Dadasi vrach bo’lib ishlaydigan bolakay sekin pashshani sug’urib oldi-da, oppoq qog’oz ustiga qo’yib birpas tikilib turgach, baqirdi:

— Oyi, qarang, pashshayam xuddi dadamga o’xshab yozarkan!