* * *
Savol:
— Qaysi jonivor kun bo’yi o’zining sakson kilolik vaznini 3 grammgacha o’zgartira oladi?
Javob:
— Er.
Savol:
— Nega?
Javob:
— Xotini ertalab uni «Turu qoling, timsohim!», deb uyg’otadi. Tushda tovoqdagi ovqatni oldiga taq etib qo’yib, «E it!», deya kesatadi. Kechqurun esa, erkalanib «Kela qoling, sichqoncham!» deya o’ziga tortadi.
* * *
Jinni jinniga dedi:
— Salyut, jinni!
— O’zing salyutsan!
* * *
Sukunat. Bir ko’zli va bir oyoqli ikki domla talabalardan imtihon olishyapti. Bir ko’zli tashqariga chiqib kelmoqchi bo’lgan sherigiga dedi:
— Tez kel. Bir oyog’ing u yoqda bo’lsa, bir oyog’ing auditoriyada bo’lsin!
— Senam ikkala ko’zing bilan qarab tur, talabalar ko’chirib qo’yishmasin!
* * *
Armandan so’rashdi:
— Agar sizning vaqt mashinangiz bo’lganda, nima qilardingiz?
— Oynalarini qoraytirib olardim.
* * *
Agar er xotiniga «Yo’q» deb javob qilsa, savol taxminan «Kompyuterdan bosh ko’tarasizmi-yo’qmi?» ma’nosida berilgan. Agar er «Bilganingni qil!» degan javobni aytsa, demak, xotini taxminan «Sochimni sariqqa bo’yaymi, yo qoragami?» deb so’ragan. Basharti er «Ha» deb javob qilsa, xotini undan «Gaplarimni eshityapsizmi?» deb so’ragan.
* * *
Yangi boy bolalar maydonchasidan o’tib ketayotib so’radi:
— Xo’sh, bolajonlar, nima qilyapsizlar?
— Qo’g’irchoq-qo’g’irchoq o’ynayapmiz!
— Shunaqami? Xo’sh, kim yutyapti?
* * *
Boyvachcha «Mersedes»ida ketayotgandi. Mashinaga bir traktor kelib urildi. Uning jahli chiqib shartta traktor eshigini ochdi. Qarasa, rulda devday bir yigit o’tiribdi.
— Senga nima kerak? — so’radi yigit o’tirgan yerida.
— Mengami… Hech narsa… O’n to’qqizlik klyuch kerak edi xolos…
— Menda o’n to’qqizlik klyuch nima qiladi? Qirq ikkitalikkacha bo’lgan boltlarni qo’lim bilan bo’shatib qotiraman.
* * *
Xitoy jinoyat qonuni bandidan:
— 65-modda. Xitoyda ming yoxud undan ortiq odamni o’ldirish seriyali qotillik hisoblanadi.
* * *
Starshina do’stini uchratib qolib dedi:
— Ishonasanmi, xotinim rota komandirimiz bor-ku leytenant, o’sha bilan uchrashib yurarkan.
— Shunaqa degin? Xotiningga ayt, menikidan o’rgansin unaqa ishlarni! Mening xotinim faqat generallar bilan uchrashadi.
* * *
Baliqchi do’stiga dedi:
— Meningcha, xotinim menga boylik tufayli tekkanga o’xshaydi.
— Nega endi?
— O’zing o’ylab ko’r, men taxminan ellik yillardan keyin olamdan o’tib ketaman. Shundan keyin menga tegishli bo’lgan qarmoq, po’kak va setka unga meros bo’lib qoladi-da!
Olimjon HAYIT tayyorladi