* * *
— Ayol erkakka do’st bo’lishi mumkinmi?
— Mumkin. Faqat bu haqda o’zi bilmagani ma’qul.
* * *
Er-xotin tish do’xtiriga kelishdi.
— Narkoz bilan olaymi tishni? — so’radi vrach.
— Narkozsiz, — javob qildi er.
— Xayriyat! — kuldi vrach. — Nihoyat jasur erkak ham topildi-ya!
— Xotinjon, o’tir! — muloyimlik bilan dedi er.
* * *
Ayol avvaliga yangi tanishgan yigiti uni teatr, kinolarga olib borishini istaydi, shu bahonada bu yigit bilan uchrashish kerakmi-yo’qmi, aniqlamoqchi bo’ladi. Yigit esa o’zi tanishgan qizni dastlab uyiga olib borishni xohlaydi. Shu bahonada bu qiz bilan kino, teatrlarga borish kerakmi-yo’qmi, aniqlab olmoqchi bo’ladi.
* * *
Hayvonot bog’i direktori qarasa, fillardan biri qattiq yo’tala boshlabdi. Unga bir chelak sharob ichirib yuborgandi, yo’tali to’xtadi-qo’ydi. Ammo boshqa qafasdagi fillar baravariga yo’tala boshlashdi.
* * *
O’rmon. Er-xotin qo’ziqorin terib yurishardi. Xotin oq qo’ziqorin topib oldi-yu, eriga qichqirdi:
— Dadasi, bu yeb bo’ladigan qo’ziqorinmi?
— Hozircha sen uni pishirganing yo’q. Demak, yesa bo’ladi.
* * *
Er-xotin qo’llarida katta sumka bilan vokzalga kelishdi. Er yelka qisib dedi:
— Afsus, pianino esdan chiqibdi-da!..
— Ie, jinni bo’lganmisiz?
— Jinni bo’lganim yo’q. Poezd chiptasi bilan sanatoriyga berilgan yo’llanma pianinoning ustida qolib ketibdi.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Hadeb ming’illayverma! Ortiqcha narsalarga pul sarflayapsanmish… Qani ortiqcha narsaga pul sarflaganim?
— O’t o’chiradigan uskuna-chi? Keraksiz narsa emasmi o’sha? Sotib olganingizga olti yil bo’ldi, hali biror marta foydalanganimiz yo’q!
* * *
Vrach ayoldan so’radi:
— Nega uzoq vaqt tekshirtirishga kelmadingiz?
— Men… Kasal edim…
* * *
Vrach bemorga qanday tashhis qo’yishni bilmay garang edi. Oxiri u bemordan so’radi:
— Ilgariyam shu yeringiz bezovta qilib turarmidi?
— Ha, besh yil oldin bezovta qilgandi.
— Ha-a… Demak, qaytalanibdi-da!
* * *
Bir bemorning hasratidan:
— Tish do’xtirini qancha boqma, baribir og’zingga qarayveradi!
Olimjon HAYIT tayyorladi