XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

AYoL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ayol yaqin dugonasi bilan kurortda dam olish, safarga chiqishdan so’ng uyga kelib avvalo o’sha dugonasiga qo’ng’iroq qilib taassurotlar bilan o’rtoqlashishga oshiqadigan yagona mavjudotdir.

2. Ayol umri davomida o’rtacha 111 ta sumka, sumkacha, bo’yoq yoki katmoncha sotib oladi.

3. Do’kon yoki bozorda hech narsa xarid qilmasa ham ayol baribir sotuvchi bilan savdolashadi.

4. Ayollar erkaklarga nisbatan ikki karra tezroq kiprik qoqadi.

5. Umrining oxiriga qadar ayol o’rtacha ikki kilogramm lab bo’yog’ini yeb tugatadi.

6. Erkak ayolning ishonchiga kirish uchun uni 20 soniya bag’riga bosib tursa bas.

7. Gongkongda shunday qonun mavjud. Agar xotin erini begona ayol bilan tutib olsa, uni o’ldirishga haqli. Faqat erkakni quruq qo’l yordamidagina o’ldirishi lozim.

8. XII asrda Germaniya qiroli urush boshlanishi munosabati bilan ayollarga shaharni tashlab chiqishga izn berdi. Yana har bir ayol shahardan nimani istasa ko’tarib ketaverishini ham alohida aytib o’tdi. Xo’sh, ayollar bu shahardan nimani olib chiqib ketdi? Albatta, ular erlarini yelkalariga mindirgancha shaharni tark etdi.

 

BILASIZMI?..

 

1. Floridada erga tegmagan ayollarga yakshanba kunlari parashyutdan sakrashga ruxsat berilmaydi. Erga tegmagan ayol bu yerda qip-yalang’och holda dush qabul qilmaydi, agar sochini quritayotib ko’zi ilinsa, katta miqdorda jarima ham to’laydi.

2. Amerikaning Sent-Luis shahrida mabodo yong’in sodir bo’lsa, olov qa’ridan qip-yalang’och ayolni qutqarib olish taqiqlangan.

3. Kolorado shtatidagi Logen grafligida erkaklarga uxlayotgan ayoldan bo’sa olish taqiqlangan.

4. Oklaxomada erkak begona ayol bilan ishqiy sarguzashtlarga kirishishdan oldin bu ayoldan yozma ravishda ruxsatnoma olishi talab etiladi.

5. Yangi Gvineyaning Madang okrugida yashovchi erkaklar xotini xiyonat qilsa, o’ynashning boshini tanasidan judo qilish huquqiga ega. Qatl etilishdan oldin o’ynash ayolning bitta qo’l barmog’ini yeb bitirishi kerak.

Olimjon HAYIT tayyorladi