KELING, KULIShAMIZ, TOG'A!..

 

 

* * *

 

AYoLLARGA FOYDALI MASLAHAT:

Agar eringiz sizga 8 mart bayramida «Eldorado» maishiy texnika vositasini sovg’a qilgan bo’lsa, yaxshilab o’ylab ko’ring. Tekinga berilgan ikkinchi «Eldorado» kimga nasib qildiykin?

 

* * *

 

O’n to’rt yashar qiz onasidan so’radi:

— Oyi, 8 mart barcha ayollarning bayramimi?

— Ha, lekin 8 mart kuni avval onalarni tabriklash lozim.

— Unda meni tabriklang, oyi!

 

* * *

 

O’g’il onasidan so’radi:

— Oyi, sovg’ani faqat Qorbobo tarqatadi-a?

— Ha.

— Bizni Xudo boqadi, rostmi?

— Rost.

— Bolalarni laylak olib keladi-a?

— Ha.

— Unda dadamni nega uyda olib o’tiribmiz?

 

* * *

 

Boshliq haydovchisidan so’radi:

— Orqa o’rindiqda o’tirgan mallasoch qiz kim?

— Bilasizmi… Hozir hammasini tushuntiraman…

— Tushuntirishning hojati yo’q. Yaxshisi, meni u bilan tezroq tanishtir!

 

* * *

 

Haydovchi tanishlariga maqtanyapti:

— Men mashinamni shu qadar tez haydaymanki, ko’chadagi simyog’ochlar tep-tekis ko’rinadi.

— Bu nima bo’pti. Yaqinda men mashinamda shunaqangi zo’r ag’darildimki, orqadagi davlat raqamini ko’rdim.

 

* * *

 

Gruzin yo’l patrul xizmati xodimi mashinalardan birini to’xtatdi. Haydovchi boshqa millat vakili edi.

— Qani, tushuntirish xati yoz. Sen tezlikni oshirding. Faqat tushuntirish xatini gruzin tilida yoz.

— Axir, men gruzin tilini bilmayman.

— Menga qizig’i yo’q. Yozasan.

Haydovchi daftarni qo’liga olib orasiga bitta ellik dollarlik soldi-da, gruzinga uzatdi.

— Mana, bilarkansan-ku! Endi qolgan yarminiyam yoz!

 

* * *

 

Chukcha «Mersedes» sotib oldi. Ammo ko’chaga chiqiboq mashinani daraxtga urdi. Sekin mashinadan tusharkan, o’zicha g’udrandi:

— Ko’zi shunaqangi katta mashina-yu, daraxtni ko’rmas ekan-a!

 

* * *

 

Bir erkak taksi to’xtatdi. Rulda kelishgan qiz o’tirardi. Unga dedi:

— Meni eng arzon fohishaxonaga olib bor!

— Siz o’sha yerdasiz.

 

* * *

 

Yo’l patrul xizmati xodimi «Mersedes»ni to’xtatdi.

— Siz ichgansiz. Qani, kuh deng-chi!

Haydovchi buning o’rniga bitta yuztalik dollar chiqardi.

— Negadir tushunmadim. Yana bir marta kuhlang!

Haydovchi bitta elliktalik chiqardi.

—  Yo’q, bunisi o’xshamadi. Birinchisiday kuhlang!

 

* * *

 

Xotin haydovchilik guvohnomasini olgan kuni eri undan so’radi:

— Mashinaga oid barcha narsalarni o’rganib oldingmi?

— Ha, hammasini o’rganib oldim. Lekin bir narsaga tushunmayman. Shuncha ot bizning kichkinagina mashinamizga qanday qilib sig’arkan?

 

loading…