KELING BIR KULIShAYLIK

* * *

Tish do’xtiri kabinetida mijoz katmonini qo’liga oldi. Vrach unga dedi:— Yo’q, bugun pul to’lashingiz shart emas.

— Bilaman. Men ham sizga pul to’lamoqchi emasman. Narkoz berishingizdan oldin qancha pulim borligini aniqlab qo’ymoqchiman, xolos.

* * *

Erkak ulfatidan so’radi:

— Nega aroq ichayapsan-u, gazak qilmayapsan?

— Men parhezdaman.

* * *

Ikki kotiba boshliqlarini muhokama qilishayapti.

— Xo’sh, sening boshlig’ing qalay?

— Zo’r. Bir oy avval shuba sovg’a qilgandi. Keyin brilliant uzuk taqdim etdi. Yaqinda… Ishonasanmi, qo’limni so’radi.

— Voy yaramas-ey, pul tejashni boshlabdi-da!

* * *

Er-xotin janjallashayapti.

Er:

— Iloyo bir umr tipratikon tug’ib o’tgin!

Xotin:

— Iloyo siz menga doyalik qiling!

* * *

Jinni uyali telefonlar saloniga kelib dedi:

— Kechagina sizlardan telefon sotib olgandim. Ishlamayapti.

— Nega ishlamaydi? Biz shu yerning o’zida tekshirib bergandik-ku!

— Mana, qaranglar, men o’z raqamimga qo’ng’iroq qilsam, doim band ko’rsatayapti.

* * *

— Sudlanuvchi, nega mashinani o’g’irladingiz?

— Vokzalga shoshayotgandim. Shuning uchun o’sha mashinani o’g’irlashga majbur bo’ldim. Afsusdaman.

— Shoshayotgan bo’lsangiz, trolleybus, tarmvaydan foydalansangiz bo’lmasmidi?

— O’rtoq sudya, siz kimningdir tramvay o’g’irlaganini eshitganmisiz?

* * *

Ikki talaba dekanat oldida o’tgan yilgi sessiyani topshirish ilinjida turishardi. Ulardan biri yozdi: «Menga sessiyani topshirishga ruxsat berishingizni so’rayman!»

Ikkinchisi:

— Jinni, so’rayman deganing o’tmaydi. Yalinaman deb yoz!

* * *

Oradan yillar o’tib muallim sobiq talabasini ko’rib qoldi va so’radi:

— Senga institutda olgan bilimlaring yetarli bo’layaptimi?

— Ha, lekin pul yetarli bo’lmayapti.

* * *Oq ayiq o’rmonda ketayotsa, yo’lidan eshak chiqib qoldi. U eshakdan so’radi:— Hoy, eshak, shimoliy qutbga qanday borsa bo’ladi?— Bilmadim. Biroz kutib tur, og’aynilarimdan so’rab ko’ray!Birozdan so’ng u bir to’da eshaklarni yetaklab keldi va oq ayiqqa dedi:

— Shimoliy qutb qaerdaligini bilmadim-u, lekin eshak deganing uchun endi javob berasan.

* * *

Bir bolakay tijorat qilmoqchi bo’ldi va har kuni onasiga somsa pishirtirib bozorda sota boshladi. Bir erkak har kuni kelardi-da, besh yuz so’m berardi, lekin somsa olmasdi. Nihoyat kunlarning birida erkak bolakaydan so’radi:— Sen pul berib nega somsa olmayotganimga hayron bo’lgandirsan-a?

— Yo’q, hayron bo’lganim yo’q. Lekin aytib qo’yishim kerak, somsa bugundan boshlab ming so’mdan sotilayapti.

* * *

Ota jin ishdan so’ng uyga keldi. Ona jin uning qarshisiga o’g’ilchasini yetaklab kelib dedi:

— Buningizning bir adabini berib qo’ying! Kun bo’yi o’zini xuddi farishtalardek tutdi.

* * *

Ikki jinni «Zaporojes» sotib olishdi. Biri old kapotni ochib baqirdi:— Ie, motorni o’g’irlab ketishibdi!Ikkinchisi orqa kapotni ochib, javob qildi:

— Qo’yaver! Egasi yukxonaga zapas motor joylab qo’ygan ekan.

* * *

Tergovchi qurilish ustasidan so’radi:— Ayting-chi, hamkasbingiz narvondan yiqilib tushganda qanday yordam ko’rsatdingiz?

— Darrov boshiga kaskasini kiydirib qo’ydim.

* * *

O’g’il onasidan so’radi:— Oyi, men kechasi tug’ilganmanmi?— Ha, bolam, kechasi tug’ilgansan.

— Sizni uyg’otib yubormaganmanmi?