KELING BIR KULIShAYLIK !!!

***

-Bilasizmi, eshitishimcha, bolalarni karam ichidan topib olisharkan.

-Qaerdan?

-Karam ichidan

.-Qaerdan?

-KARAM IChIDAN!!!

-Qaerdan?

-Katta xolangnikidan!!

!-Ana, ko’rdingizmi, siz bo’lsangiz, karam ichidan deysiz!

 

***

-Oyi, meni jinni deb masxaralashayapti!

-Kim aytdi buni senga?

Qizcha onaning qulog’iga shivirladi:

-Pashshalar.

 

***

 

-Hoy, oshna, o’g’lingiz menga tosh otdi!

-Ie, qaeringizga tegdi?

-Xudoga shukr, hech qaerimga tekkani yo’q.

-Shunaqami? Unda sizga tosh otgan bola mening o’g’lim emas ekan.

 

***

Kechqurun er-xotin kinoga boradigan bo’lishdi-yu, ota besh yashar o’g’liga dedi:

-Sen eshikni hech kimga ochmagin! Umuman eshikka yaqin kelib o’tirma!

-Kalitni biz oying ikkalamiz olvoldik.

-Tushundim.

Er-xotin tashqariga chiqishgach, ota baribir xavotir olib o’g’lini tekshirib ko’rmoqchi bo’ldi va eshikka yaqin kelib taqillatdi. Ichkaridan o’g’li ovoz berdi:

-Kim u?

-Biz gaz tashkilotidan kelgandik! Oching!

-Yo’qol! Biz gazdan foydalanmaymiz! O’tin yoqamiz uyda!

 

***

Barda fashist, demokrat va kommunist kimning ideologiyasi zo’r degan mavzuda tortishib qolishdi. Buni mushukda sinab ko’rmoqchi bo’lishdi. Demak, har bir bahs boylagan odam mushukni qalampir yeyishga majburlashi lozim. Fashist mushukni mahkam g’ijimlab qalampirga tumshug’ini bosdi. Mushuk qalampirni yedi!

Hammaning ensasi qotib qichqirdi:

-Bu zo’ravonlik!

Ikkinchi bo’lib demokrat ikki bo’lak kolbasa oldi va orasiga qalampir joylab mushukka berdi. Yeb qo’ydi. Hamma qichqirdi:

-Bu aldov!..

Kommunist mushukni tutdi-da, qalampirni tumshug’iga surtib chiqib qo’yib yubordi. Mushuk achchiqqa chiday olmay, miyovlagancha tumshug’ini tili bilan yalay ketdi.

Kommunist:

-Ko’rdilaringmi, o’z xohishi bilan, yana musiqa sadolari ostida yeyapti!

 

***

Ikki yigit to’ydan so’ng nikoh kechasi haqida suhbatlashayapti:

-Ishonasanmi, o’rganish ekan-da! Nikoh kechasi men xotinimga bitta mingtalik tutqazibman.

-Men ham xotinimga nikoh kechasi bitta mingtalik bergandim. U menga ikki yuz so’m qaytim ham berdi.

 

***

To’ydan so’ng kelin kuyovga dedi:

-Azizim, men katta va toza bir ish qilgim kelayapti!

-Futbol ko’rishga xalal berma! Agar toza va katta ish qilging kelayotgan bo’lsa, bor, sigirni cho’miltirib qo’y!

 

***

Ayol jazmani bilan o’tirgandi. Eshik taqillab eri kelib qoldi. Jazman shkafga berkindi. Yarim kechasi ayolning shubasini yelkasiga ilib chiqib ketayotgandi, er undan so’radi:

-Kimsan?-Men… Kuyaman!

-Nega shubani yelkangga ilib olding?

-Uyda yerman!

 

***

Do’konda.

-Menga hov anavi matodan ellik metr qirqib bering!

Qirqib berishdi.

-Endi yoniga qarab bir yarim metrdan qirqing!

Bu talab ham ado etildi.

-Endi shuni kichik-kichik qiyqim qilib qirqing!

-Jinnimisiz?

-Ha, mana ma’lumotnomam.

 

***

Yo’l patrul xizmati xodimi uyqu orasida baqira boshladi:

-Toshmat, to’xtat! KAMAZ, to’xtat!.. Ketib qolmasin, to’xtat!..

Xotini sekin o’rnidan turib uni yupata boshladi:

-Ts-s-s!.. Bo’sh ekan, bo’sh ekan!

 

***

Gruzin qarasa, do’sti daraxt ustida o’tiribdi.

-Vey, Gogi, nima qilib o’tiribsan?

-Tusha olmayapman, Vano!

-Hozir!..

Vano uyidan uzun arqon olib kelib daraxt ustiga irg’itdi. Do’sti arqonning bir uchini ushlashi bilan pastga qarab tortdi. Gogi pastga qulab tushdi.

Gogi:

-Voy-voy-ey! O’ldirib qo’yayozding-ku!

Vano:

-Nega unday deysan? Men badaning og’riganini tushuna olmadim. Axir, meni xuddi shunday yo’l bilan quduqdan tortib olishgandi!