QAYSI GO'ShT NIMAGA FOYDA, NIMAGA ZARAR?

Qo’y go’shti sog’lom odam uchun juda foydali, biroq issiq mizojga yaramaydi. Salbiy ta’sirini yo’q qilish uchun zirk hamda totim bilan pishirish tavsiya etiladi.

Mol go’shti me’dani mustahkamlaydi, biroq organizmda savdo va shish paydo qiladi. Zararini daf etish uchun zanjabil, murch va sharbat bilan iste’mol qilish kerak.

Echki go’shti tez hazm bo’ladi. Sholg’om va yog’ qo’shib pishirilsa, salbiy ta’sirlari bartaraf etiladi. Biroq echki go’shtidan kabob qilib yeyilsa, qulanj paydo qilishini yodda tuting.

Ot go’shti organizmda issiq qon paydo qiladi. Biroq bavosirni keltirib chiqaradi. Zararini daf etish uchun halila murabbosi bilan iste’mol qilinadi.

Barra go’shti ham sog’lom, ham bemor uchun birdek foydali. Ammo u shilliq xiltlarni paydo qilishini unutmaslik kerak. Chilonjiyda va sikanjubin bilan zararini kamaytirish mumkin.

Quyon go’shti qaltiroqqa yaxshi. Ammo uyqusizlikni paydo qiladi. Zararini daf etish uchun yog’, zira va kashnich bilan tanovul qilish kerak.

Uy tovug’ining go’shti bosh miyani ho’llaydi va urug’ni ko’paytiradi. Ammo uning polvonlik, sport bilan shug’ullanuvchi insonlarga ziyoni borligi aniqlangan. Tovuq go’shti sho’rvasini iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Kaptar go’shti yuz rangini tiniqlashtirib, semirtiradi. Zararli tomoni — qulanj paydo qiladi. Salbiy ta’siridan qutulish uchun yog’da yaxshilab pishirish kerak.

Bedana go’shti bo’g’im og’riqlarida naf beradi. Ammo issiq jigarga zarari bor. Sirka va kashnich bilan tanovul qilinsa, foydaliligi yanada ortib, salbiy ta’sirlari kamayadi.

Xo’roz go’shtining foydasi shuki, sho’rvasi qulanjga foydali. Zarari — me’daga ziyoni bor. Uni daf etish uchun eski sharob bilan iste’mol qilinadi.