KELING BIR KULIShAYLIK !!!

***

— Ering bilan ajrashayotganmishsan. Shu rostmi?

— Rost.

— Istasang, senga yaxshi bir advokat topib berishim mumkin.

— Kerakmas, rahmat! Men allaqachon o’zimga yaxshi bir jurnalistni topib olganman.

 

***

Ko’p qavatli uyning to’qqizinchi qavatidan yerga uchib tushayotgan kompyuter o’zicha o’ylardi:

— Eh, hozir qotib qolsaydim!

 

***

— Xozir nima ish bilan bandsan?

— Ofitsiantlik qilayapman.

— Xo’sh, qalay ekan?

— Zo’r! Kun bo’yi restorandaman. Yana kechqurun pul ham berishadi.

 

***

Ikki yahudiy yigit uchrashib qolishdi.

— Ishonasanmi, xotinim nikoh uzugini uyda qoldirib, ketib qolibdi. Endi boshqasiga turmushga chiqayotganmish. Men o’sha yigitning qaerda yashashini bilmoqchiman.

— Nima, adabini berib qo’ymoqchimisan?

— Yo’g’-e, uzukni o’shanga sotmoqchiman.

 

***

Ikki jinni uyda o’tirib zerikishdi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Nima qilsak ekan? Choy qo’yaymikan?

— Qo’y!

— Keyin nima qilamiz?

— Keyinmi? Qaynagan suvni choynagi bilan muzlatkichga qo’y! Qaynoq suv tursa ziyon qilmaydi.

 

***

Birinchi sinfga borgan bolakay bog’chaning ±nidan o’tib keta±tib, o’ynab yurgan bolalarga yaqinlashdi-da, dedi:

— Eh, jon deb sizlarga qo’shilardim-u, ma’lumot qurg’ur yo’l bermaydi-da!

 

***

Chukchalarga yashash uchun vagon sovg’a qilishdi. Bir oydan keyin qanday yashayotganlarini bilish uchun tashrif buyurib qarashsa, hammalari bir bo’lib vagonni u yoqdan-bu yoqqa sudrab yurishibdi. Ularning biridan buning sababini so’rashganda, u shunday javob berdi:

— Hojatxona eshigiga “Vagon to’xtab turganda hojatxonadan foydalanmang” deb yozib qo’yishgan ekan. Shuning uchun bir-birimizga yordam berib yotibmiz.

 

***

Tog’. Cho’pon qo’ylarini haydab ketib borardi. Shu payt qo’l telefoni jiringlab qoldi. Telefon ovozini eshitgan qo’ylar taqqa to’xtab cho’pon tomonga qarashdi. Cho’pon esa, kim bilandir gaplashib bo’lgach, telefonni cho’ntagiga solarkan, qo’ylarga dedi:

— Xavotirlanmanglar, meni so’rashibdi!

 

***

Bir odam qo’lida karnay bilan tiqilinch avtobusga chiqa olmadi. Shunda bekatda turgan bolakay unga dedi:

— Ko’rdingizmi, amaki? Agar shuning o’rniga nay chalishni o’rganganingizda avtobusdan qolib ketmasdingiz.

 

***

Chol kampiridan so’radi:

-Kampir, ertaga tug’ilgan kuning ekan. Nima sovg’a qilay?

-Menga qabristonning yaxshi, salqin joyidan qabr ola qoling!

Oradan bir yil o’tdi.

-Otasi, bu yil tug’ilgan kunimga nima sovg’a qilasiz?

-Hech narsa. Bulturgi sovg’amdan haliyam foydalanganing yo’q.

 

***

Bolakay onasining yonida aylanib uni har tomondan tomosha qila boshladi.

-Ha, bolam, nega atrofimda aylanib qolding?

-Dadamning gapi rostmi-yolg’onmi, aniqlashim kerak.

-Dadang nima degandi?

Qo’shnimiz Tugmachagul xolamga doim: “Jonim, biz ehtiyot bo’lib uchrashishimiz kerak. Xotinimning orqasidayam ko’zi bor” deb aytardi.

 

***

Jiyan:

-Xola, sovg’a uchun sizga minnatdorchilik bildiraman.

Xola:

-E, arzimaydi.

Jiyan:

-Bilaman. Ammo oyim albatta minnatdorchilik bildirishimni tayinlagan.

 

***

To’rt yashar bola otasiga topishmoq aytdi.

-Zin-zin-zin, miyov-miyov! Nima?

-Bilmayman.

-E, bu mushuk tramvayda keldi degani. Zin-zin-zin, vov-vov-vov! Nima?

-It tramvayda kelgan bo’lsa kerak.

Topolmadingiz. Bu oyim ishdan keldi degani.

 

***

Bolakay do’stiga dedi:-Men juda qo’rqib ketayapman.

-Nimadan?

-Yaqinda dadam yangi mashina sotib olib, eskisini sotib yuborgandi.

-Nima bo’pti?

Kecha menga aytishdiki, oyim yangi chaqaloq olib kelarmish.

 

***

Qiz onasiga dedi:

-Oyi, maslahat bering. Boshim qotib qoldi. Uch yigitning qay birini tanlay? Biri yaxshi pul topadi. Ikkinchisi juda aqlli. Uchinchisi zo’r raqsga tusharkan.

Anavi… Birinchisi raqsga tushishni o’rganmasmikan?