Qarg’a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga boqarkan, urg’ochisidan so’radi:
– Qiziq, anavi qushcha qanday qilib bu qadar tez ucha olarkan-a?
– Sening ham dumingga o’t qo’yishsa, qanday uchishingni ko’rardik!
***
Shaharga ish bilan kelgan xo’roz aylanib pishayotgan tovuqlarni ko’rib dedi:
Qishloqda tuxum rejasi bajarilmayotgan paytda senlar karusel uchib yurganingga o’laymi?!
***
Er xotiniga dedi:
– Sen sadaqa bergan o’sha gadoy o’zini so’qirlikka solgani yo’q, rostdan ham ko’zlari ko’rmaydi.
– Qaerdan bila qoldingiz?
– Sen sadaqa berganingda «Rahmat, sohibjamol!» dedi-ku!
***
Oyning 15 yorug’ 15 qorong’u deyishadi, demak oyda ham 15 kun svetni uchirishar ekan-da!
***- Nima sababdan xoxolab kulayapsan, Dima?
– Bilasanmi, o’zimga o’zim latifa aytayotgandim. Shu desang, ilgari hech eshitmagan latifam uchrab qoldi.
Dima Qayum bisotidan