* * *

Qiziqarli faktlar

(Yarmi hazil, yarmi chin)

O’zbekiston do’ppi ishlab chiqarish va foydalanishda dunyoda birinchi o’rinda turadi.

O’zbekiston bundan tashqari ketmon ishlab chiqarish va foydalanishdayam reyting boshida turibdi.

Yurtimiz pechkachilik va sandalchilik sohasidayam dunyo reytingini ishonch bilan boshqarib kelmoqda.

Yurtimiz nosvoy ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yichayam reyting boshida turibdi.

Palov tayyorlash va iste’mol qilishdayam dunyoda bizga yetadigani yo’q.

* * *

Dima Qayum – Nobelchi

“Mers”lar minib yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
O’g’il-qizga gaz bering!

Baland uchgan mo»tabar,
Dardimizdan bexabar,
O’limdan kelmay xabar,
Sizlar bizga gaz bering!

Qing’ir yӯlga kirmasdan,
Duch kelganni urmasdan,
Xitoylarga bermasdan,
O’zimizga gaz bering!

Shahri Shosh – davlat shahar,
Biz borsak tutar zahar,
Qaqshatmay shomu sahar,
Hammamizga gaz bering!

Sovuq qish temir tuzoq,
Tuni uzundan-uzoq,
Kulmasin qirg’iz-qozoq,
Ammamizga gaz bering!

Har mushuk movga qiyin,
Kelin-kuyovga qiyin,
Hattoki dovga qiyin,
Qish tunida gaz bering!

To’raman deb yurganlar,
Xo’raman deb yurganlar,
Jo’raman deb yurganlar,
Jo’ralarga gaz bering!.

Sovuqda qotdi bolam,
Menga tosh otdi bolam,
Bir pulga sotdi bolam,
Siz bolamga gaz bering!

Mehrni sochish kerak,
Yomondan qochish kerak,
Kranni ochish kerak,
Qish kunida gaz bering!

Dersiz «Pul yig’ish kerak,
Oltinu, kumush kerak»,
Xudodan qӯrqish kerak,
Sizlar bizga gaz bering!.

Tappi tezda bo’lar kul,
Tunda g’usl ham mushkul,
So’ramaymiz sizdan pul,
Faqat bizga gaz bering!

Demang zamonning zayli,
Qimmat bo’lsa ham mayli,
O’lmay sovuq tufayli,
Uyimizga gaz bering!

Dilda qolmasin armon,
Men sizga bo’lay darmon,
Faqat siz bering farmon,
Barchamizga gaz bering!

Oltin saroy qurganlar,
Davru davron surganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Sizlar bizga gaz bering!

Sigirga yelin kerak,
Kuyovga kelin kerak,
Sen uchun eling kerak,
Tezda bizga gaz bering!

Bolaga kitob bering,
Shoirga xitob bering,
Tulporga shitob bering,
Faqat bizga gaz bering!

* * *

O’xshamagan o’xshatma. Chala she’r…

Etmish tappi yoqilib,
Yarim gazcha bo’lolmas.
Yetti ko’mir yig’ilib
Bitta pechka bo’lolmas.
Pechkasi bor eshikka
Sovuq yaqin yo’lolmas,
Mening esa bag’rim qon,
Hayronaman, pechkajon.

Garchi biz yosh, g’o’r edik,
Gaz bor biz ham zo’r edik.
Bir gazni besh qo’shni,
Teng bo’lishib yoqardik.
Goh talashsak gazni biz,
Pechkachi aytsin der edik
Tushmi endi gazli zamon,
Hayronaman, pechkajon.

Yonib tursa gazing
Toqqa kuching yetarkan
Gazing o’chsa, boshingdan
Tappi ham kulib ketarkan.
Jindakkina sovuq ham
Muzday bosib ketarkan.
Uyim to’la ming armon
To’lg’onaman, pechkajon.

Gazsiz uy – oysiz tun
Ekan endi o’ylasam
Qalbni o’rtar dardlarim
Qay birini so’zlasam?
Sensiz kunlar befayz
Halovat yo’q uyda ham
Saratoni tark etgan
Kahratonman, pechkajon.

O’zing uchun o’l yetim
O’rda ham men, qirda ham,
Uyimda ko’mirim yo’q,
Ko’mir bo’lsa, yo’q pechkam
To’rt gazchiga qo’shilib
Turtkilaydi to’rt svetchi
Mening esa bag’rim qon
Hayronaman pechkajon!!!

Dima Qayum bisotidan