****
Bolasiga ism qo’yishda odnoklassniki saytidan maslahat olgan otaning farzandi ulg’aydi va otani savolga tutdi…
– Dada, ismimni kim qo’ygan?
– «Asalka Xuliganka zato musulmanka» degan xolang.
-Haaa…
***
Adolat Usmonova Dimani so’roq qilyapti:
– Qizim nega gapirmayapti?!
– Arazlagan-da….
– Nega arazlaydi?
– O’tgan kuni svet yo’g’idi, labbo’yog’ini topolmadi, menam qorong’uda bilmasdan superkley bervoribman….
***
Kollej orqasidagi stadionda bir yigitni ikkita yigit rosa do’pposlab tursa, qari otaxon kelib:
— Ie, nega bu bolani uryapsizlar? – desa, yigitlar:
— Otaxon, qo’shiq eshitasizmi? – deb so’rashibdi.
— Ha, – debdi otaxon.
Shunda yigitlar:
— Qo’shiqni mazza qilib eshtayotganizda «OQ AYIQ.UZ» deydigan bola shu bo’ladi, – deyishsa, otaxon hassasini ko’tarib:
— Yaxshilab ur, yaxshilab! – dermish.
****
Bir taksist qorong’ida uyiga qaytayotsa, bir kampir to’xtatib:
— O’g’lim meni qabristonga oborib qo’y, – desa
Taksist o’ziga o’zi:
— Bu arvohmi yoki odammi?
Yo’q yo’lim boshqa tomonga deb ketibdi. Ozgina yurib qarasa, kampir yonida yugurib ketayotganmish. Tezrok haydab ko’rsa, tengma-teng ketayotganmush. Taksist bu arvoh avariya qilib mendan alamini olmoqchi deb, mashinani to’xtatib, eshiklarini qulflab, ko’zini yumib o’tirsa.
Bir payt o’zini ozgina rostlagan kampir oynani taqillatib:
— Eshigingni och ko’ylagimni eshiging qisib qoldi, – dermish.
****
– Alo, Dima aka, qaynonangiz timsoxi bor xovuzga tushib ketdi!
– Timsox siznikimi?
– Xa.
– Unda o’zingiz qutqaring timsoxni.
Dima Qayum bisotidan