* * *
To’rt yashar qizaloq dugonasiga maqtanyapti:
— Men katta bo’lsam, oyim menga ko’-o’p pul beradi. Ana shunda o’zimga o’zim ko’-o’p qo’g’irchoqlar sotib olaman.
* * *
Juda mashhur aktyor qariganda qariyalar uyiga joylashishni ma’qul ko’rdi. Kechqurun yasan-tusan qilib oshxonaga kirdi va keksa bir kampir o’tirgan stol qarshisiga borib joylasharkan, so’radi:
— Hoynahoy, Siz mening ismimni bilsangiz kerak-a?
— Yo’q, ammo ismingizni navbatchi hamshiradan so’rab bilishingiz mumkin.
* * *
Ko’z qorachig’iga qarab kasalga tashhis qo’yadigan vrachning huzuriga bir yigit kelib dedi:
— Do’xtir, mening kasalim nima?
Vrach uning chap ko’ziga qarab javob qildi:
— Siz infarktga uchragansiz, oshqozoningizda yara paydo bo’lgan, anginangiz surunkali.
— Do’xtir, o’ng ko’zimga qarab tekshiring, chapi protez!
* * *
Ikki estrada xonandasi uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Ishonasanmi, birinchi klipim chiqishi bilan mamlakatda televizorlar bozori chaqqon bo’lib ketganmish!..
— Buning hayron bo’ladigan yeri yo’q. Mening o’zim ham televizorimni sotib yuborganman.
* * *
Bir kuni chukchaga do’stlari yangi yil sovg’asi sifatida mandarin va qizil ikra jo’natishdi. Chukcha ularga javob yozdi:
— Sovg’ani oldim, rahmat! Mandarinni maza qilib yedik! Lekin anavi qizil mevalaringni tashlab yubordim. Baliq hidi urib qolgan ekan!
* * *
Xotin erini urishyapti:
— Nega sizga gapirayotganimda hadeb soatingizga qarayverasiz?
— Qay biring oldin to’xtashingni tekshirib ko’rmoqchiman.
* * *
— Dadasi, men siz bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman.
— Bo’pti, sen boshlab turaver, men g’izillab do’konga chiqib kelaman!
* * *
Er:
— Senga uylanishga qaror qilganimda g’irt ahmoq ekanman.
Xotin:
— Qarang, sizni shu qadar qattiq sevib qolgan ekanmanki, ahmoqligingizni payqamabman-a!
* * *
Xotin uydagi olaparni ikki oyoqda turishga o’rgatardi. Er unga dedi:
— Foydasi yo’q, baribir uni o’rgata olmaysan!
— Xotirjam bo’lavering. Siz ham boshida menga quloq solmagansiz.
* * *
Xotin:
— Ertaga biznikiga onam kelarkan.
Jimlik.
— Gapimni eshitdingizmi?
Jimlik.
— Nima, onam kelishidan xursand emasmisiz?
Jimlik.
— Mana bu boshqa gap. Jahlingiz chiqmasligini bilardim.
Og’ir xo’rsinish.
— Menga baqirmang!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit