* * *
— «Bo’rining vaqti chog’, qo’ylarning joni sog’!» maqoli nimani anglatadi?
— Demak, bo’ri qo’ylarnimas, cho’pon va qo’riqchi itni yeb qo’ygan.
* * *
Urg’ochi mushuk sevgilisi bilan bekinmachoq o’ynayapti. Urg’ochi dedi:
— Xullas, azizim, topa olsangiz, bor bo’yim bilan siznikiman. Topa olmasangiz, huv-v anavi sariq rangli shkafning ichida bo’laman!
* * *
Erkak do’stidan so’radi:
— Aytishlaricha, otang chet elga chiqib kelibdi. Bojxonada tekshiraverib jig’iga tegishmabdimi ishqilib?
— Aksincha. Bir hafta burun ko’zoynagini yo’qotib qo’ygandi, bojxonachilar xuddi shu tekshirish natijasida topib berishibdi.
* * *
Yigit yaqindagina tanishgan qizdan so’radi:
— Meni rostdanam sevasanmi?
— Judayam.
— Mengacha hech kim bilan yurmaganmisan?
— Qasam ichib aytamanki, yurmaganman. Meni doimo avtomobilda olib yurishgan.
* * *
Ayol bolasini bog’chaga joylash uchun olib borgandi. Bog’cha mudirasi dedi:
— Kechirasiz-u, bizning bog’chaga faqat harbiylarning farzandlarini qabul qilamiz. Sizning bolangizni qabul qila olmaymiz.
— Nega qabul qilmaysiz? Mening bolam ham harbiyning bolasi. Noma’lum askardan tuqqanman!
* * *
Vrach yangi ishga kelgan hamshiradan so’radi:
— Sizmi bizning bo’limga kelgan yangi hamshira?
— Ha, men, do’xtir.
— 13- palatadagi bemordan qon oldingizmi?
— Ha, oldim. Ammo ikkinchi uch litrlik banka to’lmay qoldi.
* * *
Vrach bemorga dedi:
— Nihoyat ertaga kasalxonadan chiqasiz. Bobongiz bilan buvingizga bizning nomimizdan albatta salom ayting!
— Do’xtir, axir… Bobom bilan buvimning o’lib ketganiga 20 yil bo’ldi.
— Shuning uchun ham salom ayting deyapman-da!
* * *
Yigit ko’chadan o’tib ketayotgan qizga xushomad qilyapti:
— Yaxshi qiz, bunchayam oyoqlaringiz uzun bo’lmasa!.. Ayniqsa, o’ng oyog’ingiz!!!
* * *
Qiz dugonasiga dedi:
— Men ozishning zo’r usulini o’rgandim. Bu parhez ekan.
— Qanaqa parhez? Tushuntiribroq gapir!
— Xullas, parhezning asosiy talabi uyqu ekan.
— Qanaqasiga? Bu nima degani?
— Vaqtida uxlab qolmasang, tuni bilan ovqat yeb chiqasan degani.
* * *
Samolyotga chiqish pallasida militsioner keksa bir kampirga dedi:
— Onaxon, samolyotga hayvonlarni olib chiqish taqiqlanadi!
— Voy, bu bor yo’g’i o’yinchoq it-ku, bolam!
— Bizga zotining farqi yo’q.
Olimjon HAYIT tayyorladi