ENAMGA DIL HASRATIM… (Ko'mir yutganlar o'qimasin!.. Shunchaki hazil…) 1

ENAMGA DIL HASRATIM… (Ko’mir yutganlar o’qimasin!.. Shunchaki hazil…)

 

* * *

 

Onda-sonda qog’oz qoralab turib,

Hoynahoy, zo’r shoir bo’ldim-ov!.. Ana!

Boylarning orasin oralab yurib,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

 

* * *

 

Zamona zayliga tashnaligim bor,

Picha firib, picha ziqnaligim bor,

Soliqchilar bilan oshnaligim bor,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

 

* * *

 

Oh, mening gerdayib turishlarim-ey,

Pul damidan aksa urishlarim-ey,

Hol so’rmasga itdek hurishlarim-ey,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

 

* * *

 

Ko’nglim ko’chasidan kuylab o’tardim,

«Men falonchiboy! Boy! Boy!» lab o’tardim,

Topganimni belga boylab yotardim,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

 

* * *

 

Sohibjamollarga suyagim yo’g’roq,

Xastaman, birovga keragim yo’g’roq,

Iyak qoqay desam, iyagim yo’g’roq,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

 

* * *

 

Jonon deganimda jonim kirsin-da,

Tushlarimga ming bir xonim kirsin-da,

Bir g’arib shoir ham davrin sursin-da,

Men qachon biznesmen bo’laman, ena?

Olimjon HAYIT

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *