* * *
Bolalar bog’chasidagi jajjilar suhbatidan.
— Ovchining bolasi dedi:
— Meni laylak olib kelgan ekan.
Dehqonning bolasi:
— Meni karamning ichidan topib olishgan.
Kompyuterchining bolasi:
— Meni dadam internetdan ko’chirib olgan.
* * *
Xotinidan kuygan erkak hasrati:
— Xotinim axlat to’kib kelishni tez-tez esidan chiqarib turadi. Esiga tushdi deguncha, axlat tashiydigan mashinaning ketidan chopib baqiradi:
— Hoy, kechikibman! Axlatning hammasini yuklab ketib bo’ldilaringmi? Voy Xudoyim!..
Shunda unga haydovchi deydi:
— Hali hammasini yuklab ulgurmadik! Chiqa qoling!
* * *
Erkaklarga «foydali» maslahat:
— Erkaklar, agar ayol sizga yana bir marotaba imkon bergan bo’lsa, bu imkonni qo’ldan chiqarmang!.. Ajrashing!
* * *
Psixiatr huzurida.
— Do’xtir, men hammaga pul ulashishni yaxshi ko’radigan bo’lib qoldim. Sizgayam bir-ikki yuz dollar pul hadya qilmoqchiman.
— Qarang, shunaqa foydali kasallik ham bor ekan-da! Rahmat, bemor, rahmat!
* * *
Yigit va qiz istirohat bog’ida kechasi sayr qilishardi.
Qiz:
— Qarang, anavi tol daraxti juda chiroyli ekan. Qiziq, agar gapirishni bilsa, menga nima der ekan-a?
Yigit:
— «Qizaloq, men tolmas, chinorman» degan bo’lardi.
* * *
Eshik taqilladi.
— Kim u?
— Men sizning davolovchi vrachingizman.
— Kechirasiz, do’xtir, sizni qabul qila olmayman.
— Nega?
— O’zimni yomon his etyapman.
* * *
Vrach:
— Mana sizga semirishga qarshi dori. Idishda uch yuz dona dori bor. Lekin ularni ichishingiz shart emas.
— Ichmasam, semirib ketaveraman-ku!
— Semirmaysiz. Har kuni uch mahal dorilarni polga to’kib, qaytiadan idishga solasiz. Ko’ribsizki, tez orada semirish balosidan qutulasiz.
* * *
Besh yashar qizcha yangi yil bayrami kechasida xonaga kirib kelgan Qorboboni zimdan kuzatib turdi-da, kutilmaganda qichqirdi:
— Oyi-i, anavi Qorbobo dadamning shippagini kiyib olibdi-i!!!
* * *
Ota besh yashar o’g’ilchasidan so’radi:
— Bu yil ham Qorboboga sovg’a so’rab xat yozdingmi?
— Yo’q.
— Nega?
— O’tgan yili mashina so’rasam, ruchka sovg’a qilgandi.
— O’g’lim, baribir xat yozishing kerak Qorboboga.
— Dada, Qorboboga ishonmayman! Maylimi, o’sha xatni Qorqizga yozsam?
* * *
Evreylar Qorbobosi bolalar bog’chasiga kelib dedi:
— Salom bolalar! Sovg’alar sotib olinglar!
Olimjon HAYIT tayyorladi