* * *
Ayol gadoyga dedi:
— Tez uydan chiqib keting! Hozir erimni chaqiraman!
— Eringiz uyda yo’q.
— Siz buni qaerdan bilasiz?
— Sizga o’xshagan ayol bilan yashagan erkak uyga faqat xuftondan keyin keladi.
* * *
— Azizim, agar sizga turmushga chiqishni xohlamasam, o’zingizni o’ldirasizmi?
— Albatta. Men doim shunday yo’l tutaman.
* * *
— Jonim, seni telbalarcha sevaman!
— Axir, kecha sizga aytdim-ku, «Yo’q, yo’q» deb!
— Ie, o’sha senmiding?
* * *
Muallima o’quvchilardan so’radi:
— Aytinglar-chi, hech kim tinglamasa ham gapiraveradigan odam kim?
— Muallima.
* * *
Ota uchinchi sinfda o’qiydigan o’g’lidan so’radi:
— Xo’sh, o’g’lim, maktabda ishlar qalay?
— Men ikkichilarning otalari bilan gaplashmayman!
* * *
Beshinchi sinfda o’qiydigan bolakayning badavlat otasi dengiz bo’yida kattakon supermarket qurdi. Darsda muallima boladan so’rayapti:
— Xo’sh, bir yilda nechta fasl bor?
— Beshta.
— Sana-chi!
— Yoz, kuz, qish, bahor, va o’lik mavsum.
* * *
Birinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:
— Ikki karra ikki necha bo’ladi?
O’quvchi yig’lab javob berdi:
— To’-o’-o’rt!
— Voy, nega yig’layapsan?
— Men besh bo’lishini xohlardim.
* * *
O’qituvchi o’quvchilarga dedi:
— Bolalar, bugun oy va quyosh tutilish hodisasi sodir bo’ladi. Albatta tomosha qilinglar!
Orqa partada o’tiradigan o’quvchilardan biri luqma tashladi:
— Qaysi kanalda?
* * *
Birinchi sinfda.
— Toshmatvoy, alifbeni o’qib ber!
— Alifbem uyda qolib ketibdi.
— Ana, Eshmatnikini olib o’qi!
— Yo’q, men begonalarning alifbesini o’qishni bilmayman.
* * *
Kashanda tanishiga arz qilayapti:
— Chekishni tashlashga yuz martalab urinib ko’rdim. Turli usullarni qo’lladim. Foydasi bo’lmayapti.
— Sen oddiy konfetdan foydalanib ko’rmadingmi?
— Uniyam qilib ko’rdim. Lekin yonmadi.
loading…