* * *
— Do’xtir, bu dorilarni menga kuch yig’ishim uchun yozib berganmidingiz?
— Nima bo’ldi?
— Qopqog’ini ocha olmayapman.
* * *
Ikki do’st suhbatidan:
— Uch kundan beri ko’zim og’riyapti. Nima qilsam ekan-a?
— Men o’tgan yili tishim og’riganda, sug’urib tashlagandim.
* * *
Birinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:
— Nega ranging oqarib ketibdi?
— Bugun oyim yuvintirmagandi.
* * *
Infarktga uchragan bemor boshqa bir bemordan so’radi:
— Oshna, yurak og’riyveradi, og’riyveradi, nega to’xtamaydi?
— To’xtaydi, lekin sen bilan biz ko’rmaymiz.
* * *
Ikki gruzin tog’da ketishayotgandi. Biri kutilmaganda pastga quladi. Bir muddat toshlarning uchgani, kimningdir baqirgani eshitildi-yu, tindi. Sherigi qichqirdi:
— Givi, tirikmisan?
— Ha-a, tirikman!
— Unda tezroq chiqa qolmaysanmi tepaga?
— E, chiqolmayman! Hali yergacha tushib yetganim yo’q!
* * *
— Do’xtir, qulog’imni davolaganingiz uchun qancha berishim kerak?
— Yigirma dollar. Xayriyat, tez tuzalib ketdingiz. Xursandman.
— Qancha dedingiz? Sakson dollar?
Vrach ovozini balandlatibroq dedi:
— Ikki yuz dollar, ikki yuz!!!
* * *
Yigitdan do’sti so’radi:
— Xo’sh, e’lon bo’yicha tanishgan qizingni ko’rsatmaysanmi?
— E, biz aloqani uzdik.
— Darrov-a? Nega?
— E’londa «183» degan raqam yozilgandi. Men bo’yimikan deb o’ylasam, vazni ekan.
* * *
To’rt o’g’li bor erkak qo’lida bir quti shokolad bilan uyga kirib keldi-da, o’g’illaridan so’radi:
— Shokolad kim onasiga quloq solsa, kim onasi bilan janjallashmasa, kim uy ishlarini bo’yin tovlamay bajarsa, kim onasining barcha iltimoslarini so’zsiz bajarsa, o’shanga nasib etadi. Xo’sh, kimga nasib etishi mumkin?
Bolalar baravariga:
— Dada, sizga-a-a!!!
* * *
Rusning o’g’li dadasidan so’radi:
— Dada, Sharq mamlakatlarida kuyov to’ygacha kelinni umuman tanimas ekan, shu rostmi?
— Rost. Bizda ham shunday.
* * *
Teleyangiliklar boshlovchisi:
— Endi madaniyat xabarlari bilan tanishing. Kecha filarmoniya direktorini o’qqa tutishdi.